Sadilla khoja tomb
Le mausolée Saʼdulla Xoja (mausolée Saʼdulloh Xoja) — monument architectural à Boukhara. Ce mausolée est situé dans le complexe architectural Chor Bakr et a été construit au XIXe siècle. Le mausolée est inscrit sur la liste nationale du patrimoine immatériel du patrimoine matériel et culturel de l’Ouzbékistan.
Saʼdulla Xoja Xazirasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasi xonaqohi janubida joylashgan boʻlib, kiraverish darvozasi ikki tomonidan 6 ta hujrasi mavjud. Mazkur hujralar chillaxona vazifani ham bajargan. 1986-yilli xazirada olib borilgan taʼmirlash natijasida eshiklari qayta tiklangan. Eshiklar gujum yogʻochidan qilingan va yuz qismi kandakoriy va kubbakoriy naqshlar bilan bezatilgan. Hazira kirish darvozasi ikki tabaqali boʻlib, usti yopiq ushturgandanlar bilan bezatilgan boʻlib, ular orasi esa osma sharafalardan iborat. Hazirada sagʻona qabrlar mavjud. Hazira ichkarisidagi sharq tomonida ayvon joylashgan. Hazira tom qismi ikkita gumbazdan iborat. Gumbazlar oddiy naqshlar bilan bezatilmagan va obigʻishtdan bezak sifatida foydalanishgan. Ichkari hovlida yozgi tilovatxona joylashgan. Mazkur xazirada qorilar tilovat qilib turgan. Ular vaqf yerlaridan tushgan mab;agʻlar evaziga maosh olgan. Saʼdulla Xoja Xazirasida ertalabdan to kun botgunnga qadar 2 ta qori tilovat qilgan. Hazirada 110 ta qabr mavjud. Ayrim sogʻonalardan ikkinchi marta ham foydalanishgan va baʼzilarida toshbitiklar bor. Toshbitiklar asosan fors tilida bitilgan, arab tilida esa oyatlar koʻchirilgan. Ushbu xazirada 2 ta qabrtoshning yozuvlari saqlanib qolgan. Birinchi qabr tosh bitik fors tilida bitilgan. Ushbu qabr Nurchuchuk poshshoga tegishli boʻlib, u Gavharbonu Sultonim qizi boʻlgan. Ikkinchi qabrdagi bitik ham fors tilida boʻlib, 1858-yilda vafot etgan boʻlgan. Mazkur xazira atrofi devorlar bilan oʻrab olingan. Mazkur xazira uchun Jo’yboriy xojalari koʻplab yerlarni vafq qilgan, va shu hisobidan xazira taʼmirlangan. Hozirgi kunda xazira yaxshi holatda saqlangan.
Informations clés
- Type
- tomb
- Fait partie de
- Chor-Bakr
- Statut patrimonial
- object of tangible cultural heritage of Uzbekistan
Informations provenant de Wikidata.
Mots-clés
Lieux à proximité
Sources
Le texte de cette page est traduit de : Saʼdulla Xoja xazirasi (uz.wikipedia.org), à la date du 24 July 2023
Le texte est disponible sous licence CC BY-SA 4.0.




