Abdolbobo maqbarasi

Toïlev · CC BY 4.0

Abdolbobo maqbarasi (yoki Abdol bobo maqbarasi) – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara davri XVIII–XIX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Qumyasqa“ mahallasi, Polvon Qoriy koʻchasi, 21-uyda, Ichan qal’aning sharqiy darvozasi tashqarisida joylashgan.

Abdolbobo maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi va „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan.

Tarixi

Abdolbobo maqbarasi Dishan qal’aning sharqiy qismida, Abdulla Nosfurush madrasasining janubida, Polvonqori madrasasining sharq tomonida joylashgan. Maqbara asl ismi Polvon Ahmad Zamchi boʻlgan Abdolbobo sharafiga XVIII–XIX asrlar oraligʻida qurilgan. Arablar istilosidan keyin Abdolbobo Xivadagi Islom dinining tarafdorlaridan biriga aylanadi. Oʻlimidan soʻng dafn etilgan joyi atrofida qishki va yozgi masjidlar, Abdolbobo minorasi, hovuz qurilgan. Abdolbobo maqbarasi buxorocha uslubda bunyod etilgan. Asli Buxoro yaqinidagi Zamchi qishlogʻidan boʻlgan Abdolbobo Muhammad paygʻambarning uzoq avlodlaridan biri boʻlgan.

Qurilish uslubi

Abdolbobo maqbarasining atrofida minora, masjid, hovuzdan iborat majmua barpo qilingan. Majmua Polvon darvoza va Qoʻshdarvozalarning oʻrtasida, ularning yoʻllari kelib tutashgan joyda bunyod etilgan. Abdolbobo majmuasi uncha katta boʻlmagan shahar tashqarisidagi qabristongacha choʻzilib ketgan. Uning yonida qullar bozori boʻlgan.

Majmua tarkibiga yana XIX asrda qurilgan minorali yirik mahalla masjidi va hovuz kirgan. Minora ixcham boʻlishiga qaramay, koʻrinishi koʻrkam, yoʻgʻon asosi yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Choʻqqisidagi bezakli sharafa alohida ajralib turadi. Majmua tarkibidagi minora balandligi – 10 metr, poydevori diametri – 3,2 metrni tashkil qiladi.

Maqbara murabba tarhli bir xona (tashqi 5,7×5,4 metr, ichki tomoni 3,4×3,4 metr) dan iborat, gumbaz tomli. Gumbaz osti bagʻallari ikki qator muqarnaslar bilan bezatilgan. Peshtogʻi maqbara bilan tutashib ketgan. Uning tepasiga ikki qatorli gʻishtin sharafalar ishlangan. Masjid (17,2×8 metr) chortoq targʻli, ikki ustunli, oʻng va ters ayvonli, shifti toʻsinli, minora (ost diametri 3,45 metr, balandligi 10 metr)ning tepasi mezanali, tanasi yashil koshin belbogʻlar bilan bezatilgan. Chorsi hovuzning (14,6×13 metr) cheti pogʻonali.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.376550, 60.365367Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Abdolbobo maqbarasi (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.