Abdulhakim Sanjak masjidi

Dikkülah · CC BY-SA 4.0

Dikkülah · CC BY-SA 4.0

Dikkülah · CC BY-SA 4.0

Abdulhakim Sanjak masjidi (turkcha: Abdülhakim Sancak Camii) yoki ITU masjidi – Istanbul texnika universiteti hududida joylashgan masjid. 2019-yil 7-sentyabrda jami 11 500 kvadrat metr maydonda barpo etilgan. Masjid xizmatlaridan foydalanish uchun ITU talabasi, akademigi yoki xodimi boʻlish talab etiladi. Masjidning minorasi qalam shaklida qurilgan boʻlib, bu uning universitet tarkibiga mansubligini taʼkidlab turadi.

Meʼmorchiligi

Masjidning umumiy koʻrinishida zamonaviy va noodatiy meʼmorchilik uslublari uygʻunlashgan. Tashqi qismi, asosan, oq marmar va oynadan iborat. Zinalari qora marmar va yogʻochdan yasalgan.

Masjid 3 qavatdan iborat. Oʻrta qavat asosiy kirish qavati boʻlib, u yerga bosh eshik va yana ikkita alohida eshik orqali kirish mumkin. Quyi qavat qisman yer ostida joylashgan boʻlib, oʻrta qavatdagi ichki zinadan hamda ikkita eshikdan kiriladi. Yuqori qavat boshqa qavatlarga qaraganda kichikroq boʻlib, asosan, undan ayollar foydalanadi. Quyi qavatga sariq rangli gilam toʻshalgan, oʻrta qavat esa koʻk gilam bilan qoplangan. Masjiddagi yagona qandil oʻrta qavatda joylashgan.

Masjid 11 500 kvadrat metr maydonda qurilgan. Ibodat qilinadigan qismi 1 200 kvadrat metrlik hududni egallaydi. Masjid taxminan 2 500 kishini sigʻdira oladi, biroq uning hovlisi orqali bu sigʻim 5 000 kishigacha oshirilishi mumkin.

Hovlining yeri toʻliq oq marmar bilan qoplangan. Hovli markazida bezakli hovuz mavjud. Hovli atrofidagi quyosh panellari masjidning energiya ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, hovli yaqinida avtoturargoh bor. Hovli tashqarisida tahoratxona ham joylashgan.

Masjidda qalam shakliga oʻxshatib qurilgan bitta minora mavjud. Bu shakl uning universitet tarkibiy qismi ekanini taʼkidlash maqsadida yaratilgan. Minorasining balandligi 39 metrga teng.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Ochilgan
2019-yil 7-sentabr
Maydoni
11 500 m²

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.106322, 29.030619Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Abdulhakim Sanjak masjidi (uz.wikipedia.org), 11-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.