Akbarobod davlat tabiat yodgorligi

Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0

TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI · CC BY-SA 4.0

Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0

Akbarobod tabiat yodgorligi — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan.

Joylashuvi

Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami 395 ga (3.95 km2; 1.53 kv mi)ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8 ga (0.080 km2; 0.031 kv mi)ni tashkil etadi.

Tashkil etilishi

Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan, qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorlikka pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda.

Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat.

Oʻsimliklar qoplamasi

Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi.

Foydalanilishi

Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
protected area, Tabiat yodgorliklari
Maydoni
39,5 gektar

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.463391, 72.045914Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Akbarobod tabiat yodgorligi (uz.wikipedia.org), 14-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.