Alovuddin masjidi (Eskishahar)

Seltundo26 · CC BY-SA 4.0

Alovuddin masjidi (turkcha: Alaeddin Camii), shuningdek, Alaaddin masjidi (Alaaddin Camii) – Turkiyaning Eskishahar viloyati Odunpazari tumanidagi tarixiy masjid.

Alovddin masjidi Eskishahar viloyatining Odunpazari tumanidagi Alovudddin bogʻida joylashgan. Minorasi tagidagi yozuvga koʻra, 1267-yilda Koʻniya sultoni Gʻiyosiddin Kayxusrav III (h. 1265–1284) hukmronligi davrida qurilgan. Masjid qurilishi Jaloliddin Rumiyning izdoshi Cacaoğlu Cibril yoki Cacaoğlu Nureddin tomonidan qilingan xayriya evaziga amalga oshirilgan. Bino Eskishahardagi eng qadimiy binolardan biri hisoblanadi.

Bino toʻgʻri toʻrtburchak reja asosida qurilgan, devorlarini qurishda shagʻal toshdan foydalanilgan. Yassi yogʻoch tomning markazida diametri 6.50 m (21.3 ft) boʻlgan sakkizburchakli gumbaz qurilgan. Binoga kirish qismi shimoliy tomonda joylashgan. Yogʻoch zinapoya orqali yuqori qavatdagi ayollar boʻlimiga boriladi. Gumbazning ichki qismi chegaralari Qur’on oyatlari bilan bezatilgan. Mehrob masjidning janub tomonidagi chuqur uyaga oʻrnatilgan boʻlib, keyingi Usmoniylar meʼmorchilik uslubida yaratilgan. Binoning ichki qismi toʻrtburchak shakldagi katta derazalar bilan yoritiladi.

Binoda bir necha marta restavratsiya ishlari olib borilganligi sababli asl koʻrinishini butunlay yoʻqotgan. 1945-yilda masjidda katta oʻzgarishlar amalga oshirilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan diniy maqsadlar uchun yopilib, Eskishahar Eti Arxeologiya muzeyi tashkil etilgunga qadar arxeologiya muzeyi sifatida foydalanilgan. 2014-yilga kelib masjid sifatida qayta tiklangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.766667, 30.523889Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Alovuddin masjidi (Eskishahar) (uz.wikipedia.org), 7-aprel, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.