Alaüddevle masjidi

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

HALUK COMERTEL · CC BY 3.0

Alaüddevle masjidi (turkcha: Alaüddevle Camii) – Turkiyaning Gaziantep shahridagi tarixiy masjid, Dulkadir turkman bekligidagi Ala ad-Davla Bozkurtbey davrida qurilgan. Bozkurtbey 1515-yilda vafot etgan, masjid binosi uning vafotidan oldin qurilgan deb taxmin qilinadi. Masjidning qurilishi armanlar tomonidan nazorat qilingan, meʼmorlari Armenak afandi va usta Kirkor boʻlgan. Bino masjid sifatida qurilgan boʻlsa-da, unda mahalliy cherkovlarga xos xususiyatlar ham mavjud. Masjid mehrobi peshtoq va ustunlarni oʻz ichiga oladi. 2023-yil 6-fevralda masjid ketma-ket ikki marta sodir boʻlgan zilzila natijasida vayron boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Southeastern Anatolia Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.063376, 37.384902Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Alaüddevle masjidi (uz.wikipedia.org), 14-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.