Alsancak Hocazade masjidi
Alsancak Hocazade masjidi (turkcha: Alsancak Hocazade Camii) – Turkiyaning Izmir shahridagi masjid.
Bino Alsancak tumanida Şair Eşref va Ali Çetinkaya xiyobonlari chorrahasida joylashgan. Usmoniylar meʼmorchiligi asosida klassik uslubidagi masjid 1948–1950-yillar oraligʻida Hocazade Ahmet Ragıp Üzümcü jamgʻarmasi saʼy-harakatlari bilan barpo etilgan. Bino, asosan, oq rangda boʻlib, gumbazlari hamda minoralarining ikki qavatli ayvonlari koʻk rangga boʻyalgan. 2002-yilda Izmir munitsipaliteti va Tarixiy yodgorliklar boʻyicha Oliy kengash tomonidan masjidda restavratsiya ishlari olib borilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1950-yil
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Alsancak Hocazade masjidi (uz.wikipedia.org), 20-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





