Oltinemel milliy bogʻi

Nikolai Bulykin · CC BY-SA 4.0

Kalpak Travel · CC BY 2.0

Stomac · CC BY 3.0

Oltin-Emel davlat milliy tabiat bogʻi — Qozogʻistondagi milliy bogʻ. U 1996-yilda tashkil etilgan. Bogʻ Ili daryosi va Oqtov togʻ tizmasi oraligʻida, Qapchigʻay suv ombori yaqinida joylashgan boʻlib, taxminan 4 600 km2 maydonni egallaydi va asosan choʻl hamda toshloq yerlardan iborat.

Xususiyatlari

Oltin-Emel milliy bogʻi Ili daryosi vodiysida joylashgan. U qumli choʻl, togʻlar va oʻsimliklar olamini oʻz ichiga olgan turli xil landshaftlardan iborat. Bogʻ 1996-yil 10-aprelda tabiiy bogʻ majmuasini, shuningdek, arxeologik va tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. U Qozogʻistondagi eng yirik qoʻriqxona hisoblanadi.

U ikkita asosiy qismdan iborat: Ili daryosining oʻng qirgʻogʻiga tutashgan tekislik va togʻ qismi hamda Jongʻor Olatovining tarmoqlari va Oltin-Emel tizmasining soʻl yonbagʻirlari. Kichik orol-togʻ tizmalari tekisliklarda joylashgan. Bogʻ hududida asosan vulkanitlar, perm va karbonat konlari bilan ifodalanadigan karbon yotqiziqlari (300 million yillik) aniqlangan, eng qadimgi yotqiziqlar esa silur davriga tegishli. Bogʻ togʻlari asosan 200 dan 400 million yilgacha boʻlgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan.

Bogʻ hududida joylashgan Beshshatir qoʻrgʻoni sak qabrlarining tarixiy yodgorligi hisoblanadi. Qoʻrgʻonlar Temir davriga oid boʻlib, Markaziy Osiyo dashtlari koʻchmanchilari tomonidan qurilgan. Qoʻrgʻonlar ichidan topilgan ashyolar qatoriga zarhallangan ot anjomlari, oltin bezaklar va idishlar, qurol-yarogʻ va sovutlar kiradi.

Hududning yana bir oʻziga xos xususiyati Oqtov togʻlari boʻlib, ular oʻziga xos ranglari tufayli "oy togʻlari" deb ham ataladi.

2021-yil may oyida Qozogʻiston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi tomonidan Oltin-Emel milliy bogʻi hududida turizm tarixiy merosga va ekoturizmga urgʻu berilgan holda rivojlantirilishi e'lon qilindi.

2021-yilda Qozogʻiston Milliy geografiya jamiyati yaqin kelajakda Oltin-Emel hududida eko-hojatxonalar, shiyponlar, soyabonlar, ichimlik suvi favvoralari va qoʻshimcha kuzatuv maydonchalari oʻrnatilishini e'lon qildi.

Kuylaydigan qumtepa

"Kuylaydigan qumtepa" (yoki Qoʻshiqchi barxan) Olmaota milliy bogʻidan 300 km masofada joylashgan. Qumdan chiqadigan gumburlagan ovoz tufayli bu hudud Kuylaydigan qumtepa deb ataladi. Kuylaydigan barxanning uzunligi 1,5 km, balandligi esa 120 metrni tashkil qiladi. Barxan oʻroq (yarim oy) shakliga ega. Shamol gʻarbdan esib, qumlarni tarqatganda, xuddi organda chalingan kabi ovoz eshitilishi mumkin. Ushbu hodisaning kelib chiqish sababi hali ham sir boʻlib qolmoqda, biroq olimlarning fikricha, issiq va quruq havoda qum ishqalanish tufayli elektrlanadi va oʻziga xos tovush tebranishini hosil qiladi.

Iqlimi va ekohududi

Oltin-Emel iqlimi — Nam kontinental iqlim|nam kontinental iqlim, yozi issiq. Bu iqlim mavsumiy haroratning katta farqi va issiq yoz (kamida toʻrt oy oʻrtacha harorat 10 °C dan yuqori, lekin oʻrtacha harorati 22 °C dan oshadigan oylar yoʻq) bilan tavsiflanadi. Bogʻ Tyan-Shan togʻ oldi qurgʻoqchil dashtlari ekohududida joylashgan.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Bogʻ noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik hamda hayvonot turlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. Bogʻ florasi 1800 ta oʻsimlik turini oʻz ichiga oladi, ulardan 69 tasi noyob turlardir. Shuningdek, bogʻdagi 56 ta hayvon turi noyob hisoblanadi, ular qatoriga arxar, jigʻetoy va jayron kiradi. Hasharotlar va baliqlarni hisobga olmaganda, Oltin-Emelda kamida 260 xil hayvon yashaydi. Bu yerda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan amfibiyalar, jumladan Sibir qurbaqasi, hamda noyob va yoʻqolib borayotgan qushlar, masalan, Qora laylak va qorachigʻay mavjud. 78 ta sutemizuvchilar turidan 11 tasi Qozogʻistonning Qizil kitobiga kiritilgan boʻlib, ular qatorida tosh suvsari, sassiqkoʻzan, qunduz, manul (yovvoyi mushuk), yovvoyi eshak, jayron, arxar, Osiyo shalpangquloq koʻrshaplagi, Buxoro bugʻusi, silovsin va Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi bor. Bogʻda qulon va Prjevalskiy otlari ham yashaydi. Oʻsimliklar orasida qadimiy oq va qora saksovul, temir daraxti (Kavkaz karkasi)ning kichik toʻqaylari va Sivers olmasi daraxtlarini alohida ta'kidlash joiz.

Qoʻsbastau vohasi

Iliq radon bulogʻi boʻlgan daraxtzordan iborat Qoʻsbastau vohasi gʻarbdagi Ulken-Qalqon togʻlari va sharqdagi Qatutov togʻlari oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Daraxt tanasi, qalin shoxlari va ildizlarini oʻrganish jarayonida daraxtning aniq yoshi aniqlandi. Tol daraxti 1960-yilda geologik ishlar davomida topilgan. Yodgorlik Oltin-Emel milliy bogʻi ma'muriyati qaramogʻidagi tabiatni muhofaza qilish va ilmiy muassasa maqomiga ega boʻlgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxatiga kiritilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Milliy bogʻ, protected area of Kazakhstan of republican significance
Qurilgan
1996-yil
Maydoni
307 653,35 gektar
Tarkibiy qismi
Jungʻariya olatovi
Meros maqomi
part of UNESCO World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 44.000000, 78.800000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Oltinemel milliy bogʻi (uz.wikipedia.org), 3-sentabr, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.