Yivli minora masjidi

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Saffron Blaze · CC BY 3.0

Yivli minora masjidi (turkcha: Yivliminare Camii), Alaaddin masjidi (turkcha: Alaaddin Camii) yoki Katta masjid (turkcha: Ulu Camii) nomi bilan ham tanilgan, Antaliyada Anadolu saljuqiy sultoni Qayqubod I tomonidan qurilgan tarixiy masjid. Gʻiyosiddin Keyhusrav madrasasi, Saljuqiylar va Mavlaviylar uyi, Zinchirkiron va Nigor xotun qabrlarini oʻz ichiga olgan külliye (inshootlar majmuasi) tarkibiga kiradi. Masjid Kaleiçi shahrining Respublika koʻchasi boʻylab Kalekapısı maydoni yonida joylashgan. Binoning toʻq koʻk koshinlar bilan bezatilgan Yivli minorasi shaharning diqqatga sazovor joyi va ramzi hisoblanadi. 2016-yilda Turkiyadagi Jahon merosi obyektlarining taxminiy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Masjid birinchi marta 1230-yilda qurilgan va 1373-yilda ikkinchi marta toʻliq rekonstruksiya qilingan. Minorasining balandligi 38 metr (125 ft), poydevori kvadrat shaklda toshdan yasalgan, yuqoriga koʻtarilish uchun 90 pogʻonoladi zinapoyasi bor.

Birinchi bino (1230) taxminan 1225–1227-yillarda saljuqiylar sultoni Alouddin Qayqubod (1220–1237) davrida qurilgan. Asl masjid XIV asrda vayron qilingan, yangi masjid 1373-yilda Hamidiylar tomonidan Vizantiya cherkovi poydevori ustiga qurilgan. Masjid 6 ta gumbazga ega boʻlib, Onadoʻlidagi eng qadimgi koʻp gumbazli qurilish namunalaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda binoda Antaliya etnografiya muzeyi joylashgan boʻlib, unda kiyim-kechak, oshxona anjomlari, kashtadoʻzlik, gobelen va dastgohlar, paypoqlar, qoplar, bezaklar mavjud. Masjid 1974-yilda jamoatchilik uchun ochilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
minora, Masjid
Qurilgan
1230-yil
Me’moriy uslub
Anatolian Seljuk architecture
Balandligi
38 m
Joylashgan hudud
O'rta Yer dengizi mintaqasi
Meros maqomi
Tentative World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.886389, 30.704444Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yivli minora masjidi (uz.wikipedia.org), 7-mart, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.