Orifjonboy masjidi

Alisa Trebuchina · CC BY-SA 4.0

Mysportedit · CC BY-SA 4.0

Alisa Trebuchina · CC BY-SA 4.0

Orifjonboy masjidi — Toshkent shahrida joylashgan tarixiy masjid. 20-asr boshlarida Oʻzbekistonda Art Nouveau uslubida barpo etilgan birinchi binolardan biridir. Masjid qurilishi uning hisobidan tashkil etilgan asoschisining nomi bilan ataladi.

Tarixi

Masjid Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan. „Orifjonboy“ masjidi XX asrning boshida Orifjon Mallaboyev tomonidan qurilgan. 2019-yilda Tashkent City loyihasi amalga oshirilishi doirasida qayta taʼmirlangan. Masjidning nomlanishi va masjid haqida ochiq manbalarda maʼlumot topishning iloji yo'q. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori ilovasida keltirilgan „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari“ Toshkent shahriga tegishli bandida „Orifjonboy“ masjidi haqida maʼlumot uchratish mumkin.

Toshkent city

Masjid Beshyogʻoch daxasining Qoratosh mahallasida joylashgan. Hozirgi kunda bu yerda Toshkent city majmuasi barpo etilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.317269, 69.251002Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Orifjonboy masjidi (uz.wikipedia.org), 19-yanvar, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.