Arnasoy koʻllari
Arnasoy koʻllari — Mirzachoʻl bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi koʻllar. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan tektonik botiqda. Koʻllar tubining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Koʻllar vujudga kelgunga qadar uning oʻrni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan toʻlib bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, oʻrtacha chuqurligi 1-3 m. Arnasoy koʻllariga Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi orqali shoʻr zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6-1,8 km³), shoʻrligi 1 litrda 4-5 g. Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllaridan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali Aydar kuliga oqib oʻtadi. Koʻllar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda suzuvchi qushlar, tovon baliq, zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- lago, group of lakes
- Maydoni
- 4 000 km²
- Meros maqomi
- Ramsar site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Arnasoy koʻllari (uz.wikipedia.org), 7-avgust, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.