Ashagi Govhar Ogʻa masjidi

KennyOMG · CC BY-SA 4.0

Julian Nyča · CC BY-SA 3.0

Press Service of the President of the Republic of Azerbaijan · CC BY 4.0

Ashagi Govhar Ogʻa masjidi (ozarbayjoncha: Aşağı Gövhər ağa məscidi) – Ozarbayjonning Shusha shahrida joylashgan masjid.

Masjid nomining „Ashagi“ (pastki) soʻzi bilan boshlanishi uning Shusha shahrining pastki qismida joylashganligini bildiradi va shaharning yuqori qismida joylashgan Yuxari Govhar ogʻa masjididan ajratib turadi.

Tarixi

Ashagi Govhar ogʻa masjidining qurilish ishlari Qorabogʻ xonligi hukmdori Ibrohim Xalilxonning qizi Govhar ogʻaning buyrugʻi bilan Yuxari Govhar ogʻa masjidi qurilishidan taxminan 8 yil avval yakunlangan. Ashagi Govhar ogʻa va Yuxari Govhar ogʻa oʻrtasidagi farq shundan iboratki, Ashagi Govhar ogʻaning minoralari orqa jabhaning burchaklarida, Yuxari Govhar ogʻa masjidining minoralari esa old jabhada joylashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2005–2007-yillarda masjidning yarmi vayron etilgan. Keyinchalik, masjidning taʼmirlangani iddao qilingan boʻlsa-da, Qorabogʻga tashrif buyurgan Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzolari vayron etilgan masjid oldida suratga tushib, uning hali ham jiddiy zarar koʻrgani va taʼmirlash ishlari olib borilmayotganini iddao qiladi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1875-yil
Me’mor
Kerbalayi Sefixon Karabogi
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.761831, 46.753596Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ashagi Govhar Ogʻa masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.