Atik Mustafo posho masjidi

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

A. Fabbretti · CC BY-SA 4.0

A. Fabbretti · CC BY-SA 4.0

Atik Mustafo Posho masjidi (turkcha: Atik Mustafa Paşa Camii; koʻpincha Hazreti Cabir Camii nomi bilan tanilgan) Istanbuldagi sobiq Sharqiy pravoslav cherkovi boʻlib, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan. Istanbulning Fotih tumani, Ayvansaroy mahallasi, Chember Sokak hududi, Konstantinopolning oltinchi tepaligi etagi, Oltin Shoxga yaqin joyda devor bilan oʻralgan shahar ichida joylashgan.

Uzoq vaqt davomida ushbu yodgorlik hech qanday dalillarsiz Avliyo Butrus va Mark cherkovi deb hisoblanib kelingan. Bugungi kunda esa binoning Blachernae saroyidagi Saint Thekla cherkovi (yunoncha: Άγία Θέκλα τοῦ Παλατίου τῶν Βλαχερνών, Hagia Thekla tou Palatiou tōn Vlakhernōn) boʻlgan degan taxminlar mavjud. Qurilish uslubiga koʻra bino XI yoki XII asrlarga tegishli.

Tarixi

IX asrning oʻrtalariga kelib, imperator Theophilusning toʻngʻich qizi malika Thekla, Blachernaedagi Theotokos cherkovidan 150 metr (490 fut) sharqda oʻzining muqaddas homiysi sharifiga bagʻishlab qurilgan kichik ibodatxona maydonini kengaytiradi. 1059-yilda komninlar sulolasi imperatori Isaac I oʻzining ov halokatidan omon qolgani sharafiga ushbu joyda kattaroq cherkov qurdiradi. Cherkov oʻsha davrda oʻzining goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan. Anna Comnenaning yozishicha, imperatorning onasi Anna Dalassena ushbu cherkovda tez-tez ibodat qilgan. Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, bino 1509-yilgi zilzila paytida katta zarar koʻrgan, natijada cherkov gumbazi vayron boʻlgan. Oradan koʻp oʻtmay Kapiciboshi (keyinroq vazir) Koca Mustafo posho zilzila oqibatida yuzaga kelgan zararni bartaraf etib, cherkovni masjidga aylantirgan.

XIX asrning oxirigacha binodan 150 metr (490 fut) janubda joylashgan hammom masjid poydevorining bir qismini tashkil qilgan. 1692-yilda Shotir Hasan ogʻa masjid oldida favvora qurdirgan. 1729-yilda katta Balat olovi paytida bino jiddiy shikastlangan va taʼmirga muhtoj holatga kelib qolgan. 1894-yilgi Istanbul zilzilasida masjid minorasi vayron boʻlgan, buning natijasida esa 1906-yilga qadar masjid tashrif buyuruvchilarga yopib qoʻyilgan. Binoda oxirgi restavratsiya ishlari 1922-yilda amalga oshirilgan. Oʻsha paytda koʻchaning narigi tomonidan topilgan xoch shaklidagi marmar Istanbul arxeologiya muzeyiga olib ketilgan.

Masjid apsidasi ichida 678-yilda Konstantinopolni arablarning birinchi qamal qilishi paytida halok boʻlgan Abu Ayyub al-Ansoriy safdoshlaridan biri boʻlgan Hazreti Cabir (Jobir) Ibn Abdulloh-ul-Ensomiyga tegishli turba (maqbara) joylashgan.

Arxitekturasi

Binoning kengligi 15 metr (49 fut) va uzunligi 17.5 metr (57 fut) boʻlib, yunon xochli gumbazga ega. Masjidning old tomoni shimoli-sharqiy tomonga yoʻnaltirilgan. Bino uchta koʻpburchak apsidaga ega boʻlib, narteksi vayron qilingan. Masjidda hech qanday galereya mavjud emas. Binoning barabansiz gumbazi Usmonlilar davrida, gumbazni suyab turuvchi ark va ustunlar esa Vizantiya davrida bunyod etilgan. Janubi-sharqiy tomonda joylashgan uchta apsidaning har biri uch qirrali, Eski Vizantiya davrida qurilgan tom, karniz va yogʻoch narteksga Usmonli imperiyasi davrida oʻzgartirish kiritilgan.

Xochning ichki tomonini tashkil etuvchi gumbazli tirgaklar L shaklida qurilgan. Binoning janubiy devorlariga suratllar ishlangan. 1990-yillarda bino polini yangilash paytida bir nechta tesseralar topilgan boʻlib, ular masjidda oʻsha davrda ham mozaika panellari mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.

Arxitekturaviy ahamiyatiga qaramay, masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, cherkov
Qurilgan
1059-yil
Me’moriy uslub
Byzantine architecture, Ottoman architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Koca Mustafo posho

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.038600, 28.944000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Atik Mustafo posho masjidi (uz.wikipedia.org), 5-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.