Baba Kuhi Bakuvi masjidi
Baba Kuhi Bakuvi masjidi (ozarbayjoncha: Baba Kuhi Bakuvi məscidi) – Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan IX—X asrlarga oid eng qadimiy masjidlardan biri. Bino Icheri-sheherning tarixiy qismida, Qiz qal’asining shimolida joylashgan. Taxminlarga koʻra, masjid fors olimi va ilohiyotchisi Bobo Kuhi Bakuviga tegishli hisoblanadi.
Kashf etilishi
Baba Kuhi Bakuvi masjidi 1990—1993-yillarda Farhod Ibrohimov tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan. Masjid mehrobidan kufiy yozuvida bitilgan „Kuch Allohnikidir“ degan arabcha yozuv topilgan. Bu bitikni epigrafist Meshadixonim Neymat oʻqigan. Yozuvning paleografik xususiyatlari tadqiqotchilarga yodgorlikni IX—X asrlarga tegishli deb hisoblash imkonini beradi.
1998-yilda olib borilgan kichik qazishma ishlari natijasida masjidning ikkita xonasi topilgan. Masjid qoʻshni xonalarni va lansetli arklarning ustunlarini oʻz ichiga olgan holda yagona majmua boʻlgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- IX asr
- Me’moriy uslub
- Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
- Tarkibiy qismi
- Walled City of Baku with the Shirvanshahs' Palace and Maiden Tower
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Baba Kuhi Bakuvi masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
