Bolasog‘un
Bolasogʻun – oʻrta asrlardagi yirik shahar (7-XIV asrlar). Qadimgi Yettisuv viloyatining markazi. Uning xarobalari Toʻqmoq shahrining (Qirgʻiziston) janubi-gʻarbida, 12 km masofa (Chu vodiysi) da joylashgan. Tarixda Goʻbaliq („Yaxshi shahar“), baʼzan Koʻzbaliq, Qoʻz ulush, Xosun ordu (Kuchli Oʻrda) deb ham atalgan. Bolasogʻun 11-XII asr 1-yarmigacha qoraxoniylar XII asr 2-yarmidan qoraxitoylar davlati poytaxti. XIV asrdagi oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. Maxmud ibn Valining „Bahr ul-asror“ asarida yozilishicha, Bolasogʻunda XII asr da 40 ta jome va 200 ta kichik masjid, 20 ta xonaqoh boʻlgan. A. N. Bernshtam olib borgan arxeologik qazishlar natijasida shahar chekkasida 7-VIII asrlarga oid budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- shahar, archaeological site
- Maydoni
- 36,58 gektar, 1 900 gektar
- Tarkibiy qismi
- Buyuk Ipak Yo'li
- Meros maqomi
- part of UNESCO World Heritage Site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bolasogʻun (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

