Boyazid I masjidi

Mustafa DUMAN · CC BY 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Boyazid I masjidi (turkcha: Yıldırım Camii yoki Yıldırım Bayezid Camii) – Turkiyaning Bursa shahridagi tarixiy masjid. Usmoniylar sultoni Boyazid I (Yildirim Boyazid) tomonidan 1391–1395-yillarda qurdirilgan yirrik majmua tarkibiga kiradi. Bursa markazi Yildirim tumanida joylashgan, masjid ham aynan shu nom bilan ataladi. 1855-yilgi Bursa zilzilasidan keyin masjidda keng qamrovda taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Meʼmorchiligi

Masjidning markaziy zali boʻlib, ustki qismi yirik gumbaz bilan qoplangan. Sharq va gʻarb tomonlarda kichik gumbazli ayvonlar, janub tomonida esa mehrobli, katta gumbazli ayvon mavjud.

Ayvonlarning shimol va janub tomonida kamin va shkaflari boʻlgan 4 ta xona bor. Janubdagi xonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri markaziy zal orqali, shimol tarafdagi xonalarga esa kichik vestibyullar orqali kiriladi. Kirish zalining baland shifti gumbaz bilan qoplangan. Namozxona (masjidning shimoliy qismidagi yarmi ochiq boʻlim) 5 boʻlimdan iborat boʻlib, ularning ham har biri alohida gumbazga ega.

Yildirim masjididagi 3 ta ayvon markaziy zalga nisbatan uch pogʻona balandroq qilib qurilgan. Masjid Bursa arki qurilgan birinchi inshoot hisoblanadi. Bursa arki markaziy zal va janubiy ayvon oʻrtasida joylashgan boʻlib, 2 ta katta gumbazni bogʻlab, ularni mustahkamlab turadi. Masjidning ikki tomonda 2 ta minora mavjud.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Ottoman architecture
Tarkibiy qismi
Yıldırım Complex

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.187500, 29.082500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Boyazid I masjidi (uz.wikipedia.org), 10-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.