Bahrom posho masjidi
Bahrom posho masjidi (turkcha: Behram Paşa Camii) – Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmoniylar masjidi. Usmoniylar imperiyasi general-gubernatori Bahrom posho tomonidan qurdirilgan.
Tarixi
Masjid general-gubernator Behram posho tomonidan qurdirilgan. U Yaman va Misr general-gubernatori lavozimida xizmat qilgan Qora Shahin Mustafo poshoning oʻgʻli boʻlgan. Bahrom posho Diyorbakirda taxminan 1564–1565 va 1567–1568-yillar oraligʻida yashagan. 1585-yilda vafot etgan va Halabda dafn etilgan. Masjid qurilishi taxminan 1564–1565-yillarda boshlangan va 1572–1573-yilda (hijriy 980) yakunlangan, bu sana kirish portali tepasida oʻyilgan arab yozuvida keltirib oʻtilgan. Qurilish ishlarini nazorat qilgan meʼmorning shaxsi nomaʼlum, biroq qurilish sifatidan kelib chiqqan holda mahalliy ustalardan boʻlmagan taqdirda, Istanbuldan yuborilgan Usmoniylar meʼmorlaridan boʻlishi mumkin. Masjidda Usmoniylar meʼmorchiligi bilan bilan qatorda mahalliy meʼmorchilik elementlaridan foydalanilganligi qurilishga mahalliy tosh teruvchi ustalar va hunarmandlardan iborat jamoaning jalb etilganligini koʻrsatadi.
Tashqi koʻrinishi
Masjidda favvora ham qurilgan boʻlib, uning piramidasimon tomi ustunlar bilan mustahkamlangan. Masjidning shimoliy jabhasida qora va oq tosh qatlamlari navbatma-navbat qoʻllanilgan. Ikki qavatli ayvon beshta gumbaz bilan qoplangan. Tashqi ayvonni ushlab turgan markaziy ikkita ustun favvoradagi ustunlarga oʻxshash. Ayvonning qolgan ustunlari oq marmardan yasalgan, shimoli-gʻarbiy burchagida bitta minora joylashgan. Masjidning gumbazi oʻn olti qirrali barabanga tayangan va har bir tomonida derazalar mavjud.
Ichki qismi
Masjid gumbazining diametri 15.9 metr (52 ft). Qurilishda ishlatilgan plitkalar Diyorbakirda ishlab chiqarilgan deb ishoniladi, ammo ular Iznikda ishlab chiqarilgan plitkalariga juda oʻxshash.
Masjid dizayni arxitektura tarixchilari tomonidan yuqori baholangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid
- Qurilgan
- 1572-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Southeastern Anatolia Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bahrom posho masjidi (uz.wikipedia.org), 6-iyul, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





