Bili ko‘li

Earth Science and Remote Sensing Unit, NASA Johnson Space Center · Public domain

Bili koʻli (qozoqcha: Билікөл; ruscha: Биликоль) – Qozogʻistonning Jambil viloyatida joylashgan chuchuk suvli koʻl.

Bili koʻli Taraz shahridan 70 kilometr (43 milya) shimoliy-gʻarbda joylashgan. Ushbu koʻlning suv manbaidan yaqin atrofdagi mahalliy aholi ekinlarni sugʻorish uchun foydalanadilar.

Geografiya

Bili koʻlining yuqoridan olingan suratidan koʻrinadiki, koʻl qum soatini eslatuvchi shaklga ega. Bili koʻli Qoratov togʻlarining shimoliy yon bagʻiridagi tektonik chuqurlikda joylashgan boʻlib, Talas suv havzasining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari Oso daryosi ham koʻl orqali oqib oʻtadi va unga sharqdan quyiladi va shimoldan oqib chiqadi. Bili koʻli qirgʻoqlarining baʼzi joylari qumlikdan iborat. Oqkoʻl koʻli Bili koʻl yaqinida joylashgan. Ushbu ikki koʻl orasidagi masofa 40 km (25 milya) ni tashkil qiladi.

Flora

Bili koʻlining aksariyat qirgʻogʻlari qamishzorlardan iborat. Koʻlda uchraydigan asosiy baliq turlari – sazan, karp, amur va boshqalar.

Qisqa ma’lumot

Turi
lago
Maydoni
85 km²
Dengiz sathidan
436 m

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 43.045650, 70.709160Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bili ko‘li (uz.wikipedia.org), 13-avgust, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.