Böcekli masjidi

Yilanhoca · CC BY-SA 4.0

Böcekli masjidi yoki Tuccarbaşı Böcekli masjidi – Turkiyaning Istanbul shahri, Kadıköy tumani, Sahrayıcedit mahallasining Tuccarbaşı maydonidagi masjid.

Tavsifi

Masjid 1913-yilda Fatma Zehra ismli ipak qurti chorvadori tomonidan qurdirilgan.

Masjid kesma toshdan qurilgan boʻlib, markaziy qismi ustida gumbazsimon yogʻoch shift va bitta minora mavjud. Ichki qismi turli rangdagi gul, oʻsimlik va geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

Masjid bogʻida Fatma Zehraning qabri joylashgan.

Böcekli masjidi favvorasi Hamidiye suv tizimining chiqish joyidir. XX asr boshlarida masjidning gʻarbiy qismida (hozirgi Sinon koʻchasi, Bayar shoh koʻchasi boʻylab) choʻyan favvora oʻrnatilgan.

Masjid 1982 va 2015–2019-yillarda restavratsiya qilingan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.978524, 29.084481Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Böcekli masjidi (uz.wikipedia.org), 29-yanvar, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.