Bodrum masjidi

unknown author · CC BY-SA 2.5

Paspatēs, Alexandros Geōrgiou, 1814-1891. [from old catalog] · Public domain

Brad Hostetler · CC BY 2.0

Bodrum masjidi (turkcha: Bodrum Camii yoki Mesih Pasha Camii) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi, Usmonlilar tomonidan masjidga aylantirilgan. Cherkov yunoncha „Myrelaion“ (yunoncha: Eκκλησία του Μυρελαίου) nomi bilan tanilgan.

Manzili

Bodrum masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, Laleli mahallasi, Buyuk Konstantinopol saroyi xarobalaridan 1 kilometr gʻarbda joylashgan.

Tarixi

922-yillarda, Bolgariyaga qarshi urushlar paytida, drungarius Romanos Lekapenos Konstantinopolning toʻqqizinchi mintaqasida, Marmar dengizidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda Myrelaion deb nomlanuvchi hududda uy sotib olgan. Romanos Lekapenos taxtga oʻtirganidan soʻng, bu bino qoʻshni Buyuk Konstantinopol saroyi va Lekapenos oilasini ziyoratlarni amalga oshirishiga qarshi kurashish uchun moʻljallangan yangi imperator saroyi yadrosiga aylantirilgan.

Myrelaion saroyi V asrda bunyod etilgan ulkan rotonda tepasida qurilgan boʻlib, tashqi diametri 41.8 metr (137.1 fut)ni tashkil etadi. Inshoot qadimgi dunyoda bunyod etilgan binolar ichida Rim Panteonidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. X asrga kelib, rotonda inshootidan foydalanilmay qoʻyiladi, shu sababdan bino Romanos tomonidan ichki qismi kamida 70 ta ustun bilan jihozlangan, gumbaz bilan qoplangan sardobaga aylantirilgan boʻlishi mumkinligi haqida ham bir qancha taxminlar mavjud. Keyinchalik saroy yaqinida imperator cherkov qurdirgan, ushbu cherkov imperator oila aʼzolarini dafn qilish uchun moʻljallab qurilgan.

Cherkovga birinchi boʻlib 922-yilning dekabr oyida imperatorning rafiqasi Teodora, keyin esa uning toʻngʻich oʻgʻli hamda 931-yilda vafot etgan imperator Christopher dafn etilgan. Shunday qilib, Romanos 6 asrlik anʼanani toʻxtatgan, yaʼni Konstantin I davridan buyon deyarli barcha Vizantiya imperatorlari Muqaddas Havoriylar cherkoviga dafn qilingan.

Keyinchalik imperator oʻz saroyini rohibxonaga aylantirgan, 948-yil iyun oyida Prote orolida rohib sifatida surgunda vafot etganidan soʻng, uning oʻzi ham cherkovga dafn qilingan.

Cherkov 1203-yilda toʻrtinchi salib yurishi paytida yongʻin oqibatida vayron boʻlgan. Konstantinopol lotin imperiyasi tomonidan bosib olingan (1204–1261) davrda tashlab ketilgan cherkov binosi XIII asr oxirida, Palaiologan restavratsiyasi davomida qayta taʼmirlangan.

1453-yilda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni zabt etgandan soʻng, Myrelaion Boyazid II davrida, taxminan 1500-yilda Mesih Posho tomonidan masjidga aylantirilgan. Masjidning quyi qismi bodrum (turkcha: bodrum soʻzining maʼnosi „yer osti ombori“, „yertoʻla“) nomi bilan atalgan, keyinchalik butun boshli masjid aynan shu nom bilan yuritila boshlangan. 1784 va 1911-yillardagi yongʻinlar natijasida bino yana vayron boʻlgan va tashlab ketilgan.

1930-yilda David Talbot Rice boshchiligida olib borilgan qazishma ishlari davomida dumaloq sardoba topilgan. 1964–1965-yillarda Istanbul arxeologiya muzeyi tomonidan oʻtkazilgan restavratsiya davomida binoning deyarli barcha tashqi toshlari almashtirilgan. 1965-yilda sanʼatshunos Cecil L. Striker va R. Naumann boshchiligida parallel olib borilgan ikkita qazishma ishlaridan maqsad mos ravishda binoning pastki tuzilishi va imperator saroyiga qaratilgan. Bino, nihoyat, 1986-yilga kelib masjid sifatida qayta tiklangan. 1990-yilda esa sardoba ham qayta tiklangan va bir necha yil davomida undan savdo markazi sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda sardobada ayollar namoz oʻqishi mumkin.

Bino

Masjid devorlari gʻishtdan, poydevori esa gʻisht va toshning navbatma-navbat tushirilgan qatlamlaridan qurilgan.

Substrukturasi

Masjidning pastki qismi, asosiy binodan farqli oʻlaroq, nisbatan qoʻpolroq qurilgan. Dastlab ushbu qurilishdan maqsad faqatgina cherkovni Lekapenos saroyi darajasiga olib chiqish boʻlgan. Paleologlar davrida bino qayta tiklanganidan keyin dafn etiluvchi ibodatxona sifatida ishlatilgan.

Bino oʻrta asrlar Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining yangi yoʻnalishlaridan biri hisoblanuvchi, kvadrat shaklida quriladigan cherkovlarning eng dastlabki va goʻzal namunalaridan biri hisoblanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, cherkov
Qurilgan
X asr
Me’moriy uslub
Byzantine architecture, Ottoman architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region
Meros maqomi
cultural property requiring protection

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.008611, 28.955556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bodrum masjidi (uz.wikipedia.org), 5-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.