Bolohovuz masjidi

Jean-Pierre Dalbéra from Paris, France · CC BY 2.0

Jean-Pierre Dalbéra from Paris, France · CC BY 2.0

LBM1948 · CC BY-SA 4.0

Boloi Hovuz masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik.

Tarixi

Boloi Hovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni oʻzbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Mohi xossaning donatorligida 1712-yilda, hovli va hujralari esa XIX asrda qurilgan. M. Y. Saidjonovga koʻra, 1915—1917-yillarda masjid ayvoni 3 kayvonli qilib qayta taʼmirdan chiqarilgan. Masjid minorasi saqlanib qolmagan, u 1917-yilda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan boshqa xil koʻrinishda bunyod etilgan. Masjidda juma namozi oʻqilgan.

Meʼmorchiligi

Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Boloi Hovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.

Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoqlari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, architectural landmark
Qurilgan
1712-yil
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.777778, 64.407500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Boloi Hovuz masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.