Boybuloq
Boybuloq (Boybuloq) — Oʻzbekistonning ohaktoshli togʻlarida karst jarayonlari natijasida paydo boʻlgan g'or, u Markaziy Osiyodagi eng chuqur gʻor hisoblanadi. Chuqurligi 1517 m, uzunligi 18400 m. Asosiy kirish joyi dengiz sathidan 2647 m balandda, Surxontogʻ tizmasi platosida, Hisor tizmasining janubiy yonbagʻrida joylashgan. Gʻor mamlakatning janubi-sharqida, eng yaqin qishloq — Dehibolo, Boysun shimolida.
Gʻor yuqori va oʻrta yura davriga tegishli ohaktoshli togʻlarning yopiq karstida, monoklinal qatlamda, anti-klinalning saqlanib qolgan qanotida rivojlanmoqda. Ohaktoshli qatlamlarning quvvati 200 dan 350 metrgacha. Aksariyat ohaktoshli gʻorlardan farqli oʻlaroq, u suvning sirtdan kirishi natijasida hosil boʻlmagan, uning kelib chiqishi kondensasion xarakterga ega, chunki eruvchan jins erimaydigan qatlamlar bilan qoplangan. Binobarin, gʻor asosan juda tor, qatlamlarning tushish burchagi boʻyicha pasayib boruvchi meandrlardan iborat, qatlamlar vaqti-vaqti bilan 30 metrdan chuqur boʻlmagan vertikal quduqlar bilan kesishadi va oʻtib boʻlmaydigan sifon bilan tugaydi. Rus speleologlari Boybuloqni 1985-yildan beri oʻrgana boshladilar. Ekspeditsiya Yekaterinburg Speleoklubi (SGS) tomonidan Ural speleologlari birlashmasi (ASU) va Rossiyadagi boshqa klublar bilan birgalikda Italiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Fransiya va Shveysariya (xronologik tartibda) speleologlari ishtirokida oʻtkazilmoqda.
Nomlanishi
Gʻorga kirish joyidan ushbu qurgʻoq joylar uchun noyob boʻlgan kichik jilgʻa oqadi, gʻorga mana shu jilgʻadan kelib chiqib nom berilgan. „Boy“ va „buloq“ soʻzlaridan yasalgan bu nom yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi tomonidan berilgan.
Tarix
Gʻor mahalliy aholiga qadim zamonlardan beri maʼlum boʻlgan, chunki uning kirish joyidan boshlab togʻ yonbagʻri boʻylab jilgʻa oqadi. Yanvar-aprel oylarida 1800 m balandlikda joylashgan Dehibolo qishlogʻi (uning nomi tojik tilidan „eng baland qishloq“ deb tarjima qilinadi) qalin qor sababli dunyodan uzilib qoladi, yozda esa aholiga suv beradigan bir nechta buloqlar qurib qolishi mumkin. 1971-yil may oyida kuchli qurgʻoqchilik paytida, sakkiz farzandning otasi Dehibolo qishloq maktabi oʻqituvchisi Mustafoqul Zokirov oʻspirin oʻgʻli bilan eshaklarga minib suv olib kelish uchun toʻrt soat yoʻl yurib gʻorga (6 km) borishdi. Gʻor unga maʼlum, u avvallari bir necha bor u yerga borgan edi. Ular gʻorga yetib kelishdi, kiraverishda jilgʻa yoʻqligi sababli, Mustafoqul suv izlab gʻorga kirib ketdi. Taxminan bir soat oʻtgach, u emaklab, birinchi quduq yaqiniga yetib bordi, oʻsha yerda uning kerosinli chirogʻi oʻchdi. Qorongʻida u kirish yoʻlini adashtirib qoʻyib, jarga yiqilib, halok boʻldi. Oʻgʻli tong otishini kutib, qishloqqa yolgʻiz qaytib keldi.
Dehibolo erkaklari oʻsha yil yozda, keyingi yillarda Mustafoqulni gʻordan topishga bir necha bor urinishgan, ammo natija boʻlmagan. Uning jasadi faqat 1985-yilda gʻorda oʻtkazilgan birinchi speleologik tadqiqot paytida topilgan.
Tadqiqot
1972-yilda Oʻzbekistondagi Qirqtogʻ platosida dengiz sathidan 2340 m balandlikda Kiev gʻori kashf etilib, 990 m chuqurlikkacha boʻlgan qismi oʻrganilgach, u sobiq Ittifoqdagi eng chuqur gʻor deb tan olingan edi. U 1977-1978-yilgacha shu maqomda qoldi, Sverdlovsk (SGS) speleologlari 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Markaziy Osiyoda yangi chuqur gʻorlarni qidira boshladilar. 1981-yil may oyida ular dengiz sathidan 3 100 m balandda, Ketmonchopti tizmasida Zindon gʻorini topdilar, keyinchalik bu gʻor Ural-Zenkov (Zindon) deb nomlandi. Uning 1 300 m balandligida buloq mavjud boʻlib, bu gʻorning juda chuqur boʻlishi mumkinligini bildirardi. 1983-yil yanvargacha uning 565 m chuqurligiga tusha olishdi, chunki yanada pastroq tushish uchun sifon juda tor edi. 1983-yil yozida oʻtkazilgan bir nechta qidiruv ekspeditsiyalari muvaffaqiyatsiz tugadi, 1984-yilda SGS speleologlarining kichik guruhi Xoʻja Gʻurgʻurota massiviga borib, u yerda bir nechta istiqbolli kirish yoʻllarini topdilar.
1985-yildagi katta ekspeditsiya davomida besh kishidan iborat guruh platoda yangi gʻorlarni qidirish uchun Surxontogʻ tizmasiga joʻnatildi. Yoʻlda, dengiz sathidan 1 455 metr balandda joylashgan Qoʻrgʻoncha qishlogʻida ularga platoda yuqoriroqda joylashgan Boybuloq nomli gʻor haqida hikoya qilishdi. U yerga Dehibolo qishlogʻida yashovchi kishi 1971-yilda suv qidirish uchun borib, qaytib kelmagan. Ular jilgʻa oʻzani boʻylab yurib, 2650 m balandlikda gʻorga kiradigan pastak joyni topdilar. Gʻor 30 metrli yarim sifondan boshlandi, unda suyuq loyga boʻynigacha botib, to tik turish mumkin boʻlgan joygacha emaklab borish kerak edi. U yogʻiga 600 m keladigan tor meandr choʻzilib yotadi, u 90 m gacha balandlashib borib, keyin pastga tushadi. Koʻp oʻtmay, meandr 27 metrlik quduqqa yetib boradi, uning tubida odam jasadining qoldiqlari topilgan. Ular Mustafoqul Zokirovga tegishli edi.
Nafaqat Boybuloq, balki bu yerdagi boshqa gʻorlarning aksariyati uzun va tor meandrlandan iborat, ulardan oʻtish qiyin, favqulodda vaziyatlarda yordam berish juda murakkab, ekspeditsiya aʼzosi Sergey Kuklev yozganidek:
Qisqa ma’lumot
- Turi
- gʻor
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Boybuloq (uz.wikipedia.org), 10-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.