Charin milliy bogʻi

MariSimonova · CC BY-SA 4.0

Peretz Partensky · CC BY-SA 2.0

dmccarhty · CC BY-SA 3.0

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.

Charin davlat milliy tabiat bogʻi (qozoqcha: Шарын мемлекеттік ұлттық табиғи паркі) — Qozogʻistonning Olmaota viloyatidagi Yenbekshiqazaq, Kegen va Uygʻur tumanlari hududida joylashgan, milliy bogʻ hamda tabiiy bogʻ maqomiga ega alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud.

Bogʻ Qozogʻiston hukumatining 2004-yil 23-fevraldagi 213-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Qozogʻiston hukumatining 2009-yil 6-fevraldagi 121-sonli „Davlat muassasasi — „Charin davlat milliy tabiiy bogʻi“ hududini kengaytirishning ayrim masalalari toʻgʻrisi“dagi qaroriga binoan bogʻ maydoni 93 150 gektardan 127 050 gektargacha kengaytirilgan.

Bogʻ hududida funksional zonalashtirish asosida quyidagi muhofaza tartibi joriy etilgan:

qoʻriqxona zonasi — 9 671 gektar;

buyurtmaxona zonasi — 83 479 gektar.

Bogʻ hududida paleogen davridan saqlanib qolgan relikt tur — sugʻd yashinini muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan „Charin yashinzor oʻrmon uchastkasi“ tabiat yodgorligi joylashgan.

Charin kanyonining „Qal’alar vodiysi“ deb nomlanuvchi qismi relyef shakllanishi jarayonlarini yaqqol aks ettiruvchi geomorfologik obyekt. Turizm va rekreatsiya nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega.

Kichik Bugʻuti togʻlarining sharqiy qismi qatʼiy qoʻriqlanadigan hudud hisoblanadi. Bu yerda Qozogʻiston Qizil kitobiga kiritilgan jayron, Sibir togʻ echkisi hamda itolgʻi muhofaza qilinadi.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Milliy bogʻ hududida sutemizuvchilarning 32 turi, sudralib yuruvchilar va boshqa gerpetofauna vakillarining 18 turi, amfibiyalarning 4 turi hamda qushlarning 100 dan ortiq turi uchraydi.

Bogʻ florasi nihoyatda boy boʻlib, unda 1 000 ga yaqin oʻsimlik turi qayd etilgan. Shulardan 51 turi noyob va endemik oʻsimliklardir.

Turizm

Bogʻ hududida umumiy uzunligi 49 kilometrni tashkil etuvchi uchta sayyohlik yoʻnalishi mavjud:

„Qal’alar vodiysi“ (Charin kanyoni);

„Charin yashinzori“ (relikt yashin daraxtlari oʻsadigan daraxtzor);

„Qoʻrgʻonlar va qabristonlar“.

Mazkur yoʻnalishlar tashrif buyuruvchilarga Charin milliy bogʻining noyob tabiiy landshaftlari, relikt oʻsimliklari hamda tarixiy-arxeologik yodgorliklari bilan tanishish imkonini beradi.

Qisqa ma’lumot

Turi
protected area, Milliy bogʻ, protected area of Kazakhstan of republican significance
Qurilgan
2004-yil 23-fevral
Maydoni
127 050 gektar
Nomi kimdan/nimadan
Sharin darasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 43.350150, 79.069630Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Charin milliy bogʻi (uz.wikipedia.org), 15-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.