Dahmai Shahon maqbarasi

Enric · CC BY-SA 4.0

Nikolai Bulykin · CC BY-SA 4.0

Post of Uzbekistan · Public domain

Daxmai shohon (shohlar daxmasi) — Qoʻqon shahridagi meʼmoriy yodgorlik. XIX asrning 20-yillarida qurilgan. Qoʻqon xonlari xonadonlariga tegishli shaxslar Norboʻtabiy va uning avlodlari dafn etilgan xazira. Daxmaga gʻarbdan peshtoq (9,4x11,7 m) orqali kiriladi. Peshtoqining ikki tomoniga burjlar ishlangan, sirkor gʻisht va koshin bezakli qilib terilgan. Peshtoq sathining yon tomonlari toʻq zangori rangdagi juft qalampir tasvirlar bilan e-zatilgan. Oʻrta qismiga zangori, yashil va oq koshindan sakkiz qirrali yul-duzlar, tepasiga qizil, qora va yashil rangli yoʻlyoʻl chiziqlar tushirilgan. Ravoq tepasida qizil, pushti, yashil, zangori va oq rangdagi oltiburchak va romb shakllari tasvirlangan. Maqbara eshigi oʻyma oʻsimliksimon naqsh va arabiy yozuvlar bilan uygʻunlashtirilib nafis bezatilgan. Maqbara gumbazli, ichki devorlaridagi darchalarning biridan tomga, ikkinchisidan masjidga oʻtilgan. Uchinchisi esa ochiq turgan. Ichki qismidagi katta ravoqlar bilan darcha ravoqlarining oraliqlaridagi gʻishtlar tik, gajaklar esa toʻlqinsimon qilib terilgan. Maqbara yonida ayvonli masjid (7x6,8 m) ikki us-tunli boʻlib, uning toʻsinli shifti 4 katakka boʻlingan, boʻyama naqsh bilan bezatilgan. D.sh.da xonning onasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi yaxshi saqlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley, architectural landmark
Qurilgan
1825-yil
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.538181, 70.954154Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Daxmai shohon (Qoʻqon) (uz.wikipedia.org), 22-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.