Devonaboy masjidi

Carpodacus · CC BY-SA 4.0

4pf3154f7 · CC0

Thezillat · CC BY-SA 4.0

Bosh jome masjidi — 1899-yili qurilgan boʻlib, oʻsha davrda Andijon viloyatida 8 ta diniy muassasalaridan biri aynan ushbu Bosh jome (Devonaboy) masjidi edi.

2019-yilning yoz oylarida qayta qurilish ishlari boshlanib, 2021-yil may oyida yakuniga yetdi. Va oʻsha yilning 18-iyun kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini ochib berdi.

Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan. Ilgari masjid sig‘imi 5 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni o‘z ichiga sig‘dira oladi. Masjidda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

"Bu dargohni barpo etishga hissa qo‘shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo‘lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin", — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev masjidga tashrifida.

Imom-xatib: Rojiddinov Miftohiddin

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.788133, 72.340644Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Bosh jome (Devonaboy) masjidi (uz.wikipedia.org), 28-mart, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.