Avliyo Qosim posho masjidi

O'Netty (illustrator) / J. de Beauregard (author) · Public domain

Avliyo Qosim posho masjidi (turkcha: Evliya Kasım Paşa Cami) – Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Adirna shahrida XV asrda qurilgan Usmoniylar masjidi. Usmoniylar qoʻshini sarkardasi Qosim posho sharafiga nomlangan.

Masjid 1478–1479-yillarda Usmoniylar imperiyasining Rumeliya eyaleti beklarbegi, sulton Mehmed II Fotih (h. 1444–1446, 1451–1481) hamda Boyazid II (h. 1481–1512) hukmronligi davrida Usmoniylar qoʻshini sarkardasi Qosim posho tomonidan qurdirilgan. Poshoning qabri masjid hovlisida joylashgan.

Meʼmorchiligi

Masjid Adirna shahridan janubda, Tunca daryosining shimoliy qirgʻogʻidagi Kirişhane mahallasida joylashgan. Daryodan oʻtib, masjidga kirish uchun 14 pogʻonali gʻishtin zinapoya qurilgan, biroq hozirda zinapoyaning 2 pogʻonasigina saqlanib qolgan. Bitta gumbaz va bitta minoradan iborat. Fasad qismi shimolga qaratib qurilgan, bu yerda asosiy darvoza va ikkita deraza bilan oʻralgan mehrob joylashgan. Asosiy darvozasining ustki qismida Usmoniylar turk tilida yozuv mavjud. Binoning qolgan uch tomonida ikki qatorda ikkitadan toʻrtta deraza qurilgan. Pastki derazalar toʻrtburchak shaklda ishlangan. Yuqori qismidagi derazalar esa yoysimon shaklda, gʻarbiy devor oʻrtasida quyosh soati joylashgan.

Holati

Joylashuvi sabab 1950-yildan beri masjiddan foydalanilmaydi. Bino shahardan sunʼiy damba bilan ajratilgan va shaharni daryoning toshqinidan himoya qilib turadi. Vaqti-vaqti bilan sodir boʻlgan suv toshqinlari tarixiy binoga koʻp zarar yetkazadi. 2010-yillarda Adirna viloyati hokimi masjidni kelajakdagi vayronagarchilikdan saqlab qolish maqsadida bir qancha harakatlarni boshlagan. Masjid va daryo oʻrtasidan oqib oʻtgan toʻgʻon oʻrnini oʻzgartirish yoki masjidni butunlay xavfsiz joyga koʻchirish loyihalari bugungi kunga qadar tegishli davlat organlari tomonidan rad etilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Qosim posho

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.664380, 26.560340Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Avliyo Qosim posho masjidi (uz.wikipedia.org), 30-sentabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.