Fotih masjidi (Tirilye)
Fotih masjidi (turkcha: Fatih Camii) – Turkiyaning Bursa viloyati, Tirilye (Zeytinbağı) mahallasida joylashgan masjid. Dastlab Vizantiya imperiyasi cherkovi sifatida qurilgan, keyinchalik XVI asrda musulmonlar uchun diniy inshootga aylantirilgan. 1920–1922-yillar orasida yana yunon pravoslav cherkovi sifatida xizmat qilib, 1923-yilda qayta masjidga aylantirilgan.
Tarixi
Asl inshoot 720 va 730-yillar orasida qurilgan boʻlishi mumkin.
Usmoniylar Onadoʻlini bosib olganidan soʻng, Vizantiya cherkovi masjidga aylantirilgan va Fotih Camii („Fatih masjidi“) deb qayta nomlangan. Keyinchalik 1920-yilning yoz oylarida Bursa yunon qoʻshinlari tomonidan qisqa muddat bosib olingan va masjid qisqa vaqt ichida pravoslav cherkovi sifatida qayta tiklangan. 1923-yilga kelib esa bino yana masjidga aylantirilgan.
Tavsifi
Ushbu inshoot mintaqadagi eng qadimgi Vizantiya imperiyasi binosi hisoblanadi. Masjidga ayvon orqali kirish mumkin, asosiy kirish eshigi yogʻoch tom bilan qoplangan. Ushbu ayvon toʻrtta ustunga tayangan holda qurilgan, bosh qismi bezakli metall bilan qoplangan. Markaziy gumbazning balandligi 19 metr (62 ft), kengligi taxminan 4,5 metr (14,75 ft). Garchi cherkov taxminan VIII asrda qurilgan boʻlsa-da, VI asrga oid haykaltaroshlik elementlarini oʻz ichiga olgan, shuningdek, ulardan baʼzilari keyinchalik qayta oʻyib ishlangan boʻlishi ham mumkin. Baʼzi olimlar cherkov devorlari rasmlar va ikonalar bilan bezatilgan deb taxmin qilganlar, biroq bu tasvirlar bizgacha yetib kelmagan.
Bino jome masjidga aylantirilgandan soʻng baland koshinli mehrob oʻrnatilgan. Bundan tashqari, masjid hududida qoʻshimcha ravishda minora ham qoʻshilgan, biroq bu minora 1855-yilda sodir boʻlgan zilzila oqibatida qattiq shikastlangan va keyinchalik qayta qurilgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- VIII asr
- Me’moriy uslub
- Byzantine architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Fotih masjidi (Tirilye) (uz.wikipedia.org), 5-aprel, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





%252003.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)