Galatasaray muzeyi
Galatasaray muzeyi – Galatasaroy muzeyi (rasmiy nomi Galatasaroy sanʼat va madaniyat universiteti; Turkcha: Galatasaray Müzesi). Turkiyaning Istanbul shahridagi madaniy markaz boʻlib, 1868-yilda Galatasaroyning anʼanalari va tarixi haqida jamiyatni xabardor qilish uchun tashkil qilingan.
Tarixi
Galatasaroy o‘rta maktabi 1868-yilda Tanzimat islohotlari davrida faoliyatini qayta boshlagan va shundan so'ng muzey tushunchasi paydo bo'la boshlagan. Bunga sabab Napoleon III sovgʻa qilgan mamont eksponati Tabiatshunoslik muzeyi maktabda ochilgani bo'lgan.
1909-yilda maktab majlislar zalida fransuz tilida oʻtkazilgan Galatasaroy sport klubining Bosh assambleyasi „maktabimizning bir burchagida xotiralarimizni saqlaydigan muzey boʻlishi kerak“ degan gʻoyani ilgari surgan.
Shu gʻoyani amalga oshirgan Galatasaroy sport klubining asoschisi Ali Sami Yen 1912-yilda Qalamishda birinchi Galatasaroy muzeyini ochdi. Bu muzeyda klub shu vaqtgacha qoʻlga kiritgan medallar va kuboklar, shuningdek tarixiy suratlar, hujjatlar va futbolkalar saqlanib kelinmoqda.
Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin klubga tegishli buyumlar musodara qilinishi mumkin degan xavf paydo boʻlgach, Ali Sami Yen 1919-yil 15-maydagi Bosh assambleya qaroriga binoan muzeyni Galatasaroy oʻrta maktabiga koʻchirgan.
Hozirda Galatasaroy muzeyida jami 775 ta kubok mavjud.
„Galatasaroy“ sport klubi 2018-yilda Ali Sami Yen sport majmuasida oʻzining yangi muzeyini ochgan. Beyog‘lu tumanidagi muzeydan kuboklar va lavhalarning aksariyati yangi muzeyga koʻchirilgan. Baʼzi kuboklar hali ham Beyoʻgʻlidagi muzeyda saqlanmoqda
Muzey binosi
Muzey dastlab Qalamış koʻrfazida ochilgan. 1919-yilda esa u Galatasaroy litseyiga koʻchirilgan. Ilgari „Galatasaroy pochtaxonasi“ nomi bilan tanilgan bino qayta taʼmirlanib, muzey uchun moslashtirilgan. Binoning birinchi qavatida Galatasaroy litsey va universiteti boʻlimiga doir eksponatlar, ikkinchi qavatida esa Galatasaroy sport klubi boʻlimiga doir har xil yutuqlar kuboklar va boshqa narsalar joylashgan. Galatasaroy muzeyi 2009-yilda zamonaviy va muvaffaqiyatli koʻrgazma konsepsiyasi asosida yangilanib, qayta ochilgan. „Galatasaroy“ 2018-yilda oʻzining yangi muzeyini ochishga muvaffaq boʻlgan. Kuboklarning aksariyati Rams Park stadionidagi yangi muzeyga koʻchirildi. Beyoʻgʻlidagi muzey hali ham faoliyat yuritmoqda. Biroq, kuboklarning koʻpchiligi yangi ochilgan stadion muzeyida namoyish etilmoqda.
Koʻrgazmalari
Turkiyaning birinchi sport muzeyi boʻlish sharafiga ega Galatasaroy muzeyi hozirda Munavvar Emino‘g‘li rahbarligida faoliyat yuritmoqda. Muzeyning birinchi qavatida Galatasaroy litseyining tashkil topganidan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixi, oʻquvchilarning formasi, darslarda foydalaniladigan jihozlar hamda boshqa koʻplab buyumlar va fotosuratlardan tashkil topgan. Ikkinchi qavatda „Galatasaroy“ sport klubi tashkil etilganidan buyon qoʻlga kiritgan eng nufuzli sovrinlari, Metin Oktayning formasi, shuningdek, koʻplab fotosuratlar va sport anjomlari joylashtirilgan hamda uchinchi qavatida esa maʼmuriy xonalar joylashgan.
Muzeydagi sovrinlar
Quyida keltirilgan sovrinlarning aksariyati „Galatasaroy“ stadioni muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan. Baʼzilari Beyo‘g‘li muzeyida saqlanadi. Qolgan sovrinlar esa muzeyda yetarli joy yoʻqligi sababli Galatasaroy o‘rta maktabidagi omborda saqlanadi.
Quyidagi roʻyxatga rasmiy kuboklar kiritilmagan. Muzeyda klubning turli norasmiy turnirlarda qoʻlga kiritgan sovrinlari ham namoyish etilgan.
Futbol
Turkiya Superligasi (25): 1961-62, 1962-63, 1968-69, 1970-71, 1971-72, 1972-73, 1986-87, 1987-88, 1992-93, 1993-94, 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-00, 2001-02, 2005-06, 2007-08, 2011-12, 2012-13, 2014-15, 2017-18, 2018-19, 2022-23, 2023-24, 2024-25
Turkiya kubogi (19): 1963, 1964, 1965, 1966, 1973, 1976, 1982, 1985, 1991, 1993, 1996, 1999, 2000, 2005, 2014, 2015, 2016, 2019, 2025
Super liga (17): 1966, 1969, 1972, 1982, 1987, 1988, 1991, 1993, 1996, 1997, 2008, 2012, 2013, 2015, 2016, 2019, 2023
Bosh vazir kubogi (5): 1975, 1979, 1986, 1990, 1995
Istanbul ligasi (15): 1908-09, 1909-10, 1910-11, 1914-15, 1915-16, 1921-22, 1924-25, 1925-26, 1926-27, 1928-29, 1930-31, 1948-49, 1954-55, 1955-56, 1957-58
Istanbul kubogi (2): 1941-42, 1942-43
Milliy chempionat (1): 1939
50 yillik yubiley kubogi (1): 1973
UEFA Superkubogi (1): 2000
UEFA Yevropa ligasi (1): 1999-2000
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Sanʼat muzeyi, sports museum, muzey
- Qurilgan
- 1868-yil
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Galatasaray muzeyi (uz.wikipedia.org), 7-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




