Qosimbey masjidi
Qosimbey masjidi – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid, tarixiy-meʼmoriy yodgorlik.
Masjidning qurilish ishlari 1896-yilda tamomlangan va 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Sovet istilosi davrida masjid tashlab qoʻyilgan, Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, binodan masjid sifatida foydalana boshlangan.
Masjid haqida
Qosimbey masjidi 1892–1896-yillarda Boku shahrida qurilgan. Bino Yasamal tumanidagi 23 Həzi Aslanov koʻchasida joylashgan. Masjid meʼmori Mashadi Mirza Gʻofur Ismoilov boʻlib, Qosimbey tomonidan qurdirilgan.
1928-yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik Partiyasining Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni dunyoviy maqsadlar uchun taʼlim klublariga berilgan. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu son 1700 taga, 1928-yilda 1369 taga, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan.
Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Masjid 1992-yildan yana faoliyat yuritishni boshlagan. Hozirgi kunda Qosimbey jomeʼ masjidi davlat roʻyxatida.
Meʼmoriy jihatlari
Masjidning umumiy maydoni 330 m², ichki maydoni esa 250 m². Masjid minorasining balandligi 31 m. Minoraning pastki qismi toʻrtburchak shaklda boʻlib, eni 2.5 m, balandligi 6 m. Minoraning pastki qismga arab yozuvi bilan Qur’on oyatlari yozilgan. Masjid 1 ta gumbazga ega.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1892-yil
- Me’mor
- Meshadi Mirza Qafar Ismayilov
- Me’moriy uslub
- Shirvan-Absheron architectural school, Islom arxitekturasi
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qosimbey masjidi (uz.wikipedia.org), 2-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)




