Göğceli masjidi
Göğceli masjidi (turkcha: Göğceli Camii) – Turkiyaning shimoliy qismidagi Çarşamba shahri, Göğceli qabristonida joylashgan tarixiy yogʻoch masjid. XIII asrda Saljuqiylar imperiyasi davrida qurilgan.
Masjid binosi
Göğceli masjidi Samsun viloyatining Çarşamba shahri, Hasbahçe mahallasining xuddi shu nomdagi qabriston ichida joylashgan. 1990-yilda binodan olingan yogʻoch namunalari ustida olib borilgan tadqiqotlarga koʻra bino Rum saljuqiy sultoni Kayxusrav I (h. 1205–1211) tomonidan 1206-yilda oʻzining ikkinchi hukmronligi davrida bunyod etilgan. 1335-yilda masjid portigi restavratsiya qilingan. Bir qavatli masjidni qurishda mixlardan foydalanilmagan, parchalangan taxtalar ustma-ust qilib terilgan. Devorlar, ustunlar, toʻsinlar, tomning qiya qismlari va tomning markaziy tayanch qismlarini qurishda qayrag'och, shumtol va kashtan daraxti yogʻochlari ishlatilgan. Devorlardagi taxtalarning qalinligi 15–18 cm (5.9–7.1 in), kengligi 50–70 cm (20–28 in), uzunligi 12.60 and 20 m (41.3 and 65.6 ft) atrofida. Binoning tashqi tomonidan oʻlchamlari 17.50–17.75 m (57.4–58.2 ft) × 21.15–22.20 m (69.4–72.8 ft), yerdan balandligi 60–70 cm (24–28 in)ni tashkil qiladi. 2007-yilda masjidda keng qamrovli restavratsiya ishlari amalga oshirilgan.
Ichki qismi
Binoning yopiq maydoni 254 m2 (2,730 kv ft). Tomning shimoliy qismi biroz egilgan. Ayollar boʻlimining tomini oltita ustun koʻtarib turadi. Bugungi kunda ham faoliyat yuritayotgan ushbu masjid 300 kishini sigʻdira oladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Ochilgan
- 1206-yil
- Material
- yogʻoch
- Sig‘imi
- 300
- Joylashgan hudud
- Qora dengiz mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Göğceli masjidi (uz.wikipedia.org), 18-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
