Guliston jomeʼ masjidi

Muzaffar Murodovich · CC BY-SA 4.0

Muzaffar Murodovich · CC BY-SA 4.0

Muzaffar Murodovich · CC BY-SA 4.0

Guliston jome masjidi — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi masjid. 1905-yilda barpo etilgan. 1926-yil yopilib, 1947-yilda esa yana qayta ochilgan. 2007—2009-yillarda masjidning hozirgi binosi qaytadan hashar yo‘li bilan rekonstruksiya qilingan. Masjid hududi kengaytirildi, tahoratxona, masjid xonaqosi va keyinroq qo‘shimcha maʼmuriy binolar qurilgan. Maydoni 4800 kvadrat metr bo‘lib, uning asosiy binosiga 2000 kishi, ayvon va qo‘shimcha binolar bilan hisoblanganda esa 3000 dan ortiq kishi namoz oʻqishi mumkin.

Masjidda 4 ta minora hamda 1 ta gumbaz mavjud. 2021—2023-yillarda yangi tahoratxona qurib bitkazildi, masjidning ichki dizayniga oʻzgartirish kiritildi. Shuningdek, masjid Guliston shahridagi eng katta masjid hisoblanadi[manba kerak].

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.494000, 68.762806Google Maps'da ochish

Teglar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Guliston jomeʼ masjidi (uz.wikipedia.org), 21-oktabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.