Guluston maqbarasi

Salvatore of Nina · CC BY-SA 3.0

Toghrul Rahimli · CC BY-SA 4.0

Azerbaijaniboy · CC BY-SA 4.0

Guluston maqbarasi (ozarbayjoncha: Gülüstan türbəsi), shuningdek, Dasht maqbarasi va joyning asl nomidan keyin Vardut maqbarasi sifatida ham tanilgan, Ozarbayjonning Naxichivan viloyatidagi oʻrta asrlarga oid qabr yodgorligidir. Vardut posyolkasi 1605-yilda yaqin atrofdagi Julfa aholisi kabi arman aholisi Isfahonga kuch bilan surgun qilinganda vayron qilingan.

Naxichevan maqbaralari ICOMOS Ozarbayjon qoʻmitasi prezidenti – Yodgorliklar va obidalar boʻyicha xalqaro kengashi tomonidan 1998-yilda UNESCOning Jahon merosi obyektlari roʻyxatiga nomzod qilingan.

Arxitekturasi

Maqbara XII—XIII asrlarda qurilgan. Guluston „jannat bogʻi“ degan maʼnoni bildiradi, chunki maqbara Araz daryosidan uncha uzoq boʻlmagan yam-yashil chuqurlikda joylashgan va bu joy atirgul bogʻi deb ataladi.

Maqbara qizil qumtoshdan qurilgan. Konstruktsiya 12 qirrali boʻlib, boy va murakkab, ammo juda nozik geometrik bezaklar bilan ishlov berilgan.

Maqbaraning barcha tomonlari naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. Uning yuqori qismi har xil naqshli toʻrlar bilan bezatilgan. Shimoliy qismida maqbaraga olib boruvchi teshik mavjud boʻlib, u maqbaraning yer osti qismiga olib boradi. Maqbaraning ichki qismida hech qanday bezak mavjud emas.

Qisqa ma’lumot

Turi
Mavzoley, tomb
Qurilgan
XIII asr
Me’moriy uslub
Architectural school of Nakhchivan
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.971351, 45.587496Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Guluston maqbarasi (uz.wikipedia.org), 23-may, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.