Güzeloluk masjidi

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Güzeloluk masjidi (turkcha: Güzeloluk Camii) – Turkiyaning Mersin viloyati, Güzeloluk qishlogʻidagi XIX asrga oid masjid.

Qishloq geografiyasi

Güzeloluk – Mersin viloyati Erdemli tumaniga qarashli qishloq. Masjid Güzeloluk qishlogʻini gʻarb tomonga tutashtiruvchi yoʻlda joylashgan.

Tarixi

Güzeloluk masjidi Erdemli qishloqlaridagi yagona tarixiy masjid hisoblanadi. Masjiddagi yozuvlariga koʻra, bino 1873-yilda qurilgan, ammo minorasi 1908-yilda qoʻshilgan. Minora 1970-yilda momaqaldiroq natijasida qisman buzilgan boʻlsa-da, 1978-yilda qayta taʼmirlangan. Devorga osilgan rasmiy lavhaga koʻra, masjid qishloq ahli tomonidan qurrilgan, ammo akademik hisobotlarga koʻra, Böcüoğlu Ibrohim tomonidan barpo etilgan. Usmoniylar imperiyasida yashovchi armanlardan Todiri ismli shaxs va uning yordamchisi Nikolos masjid meʼmorlari boʻlgan.

Bino

Rasmiy lavhada aytilishicha, masjidning umumiy maydoni 688 m2 (7,410 kv ft), kvadrat rejali ichki maydoni esa 253 m2 (2,720 kv ft)ni tashkil qiladi. Bino bir vaqtning oʻzida 400 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid qurilishida toshdan foydalanilgan.

Bino garchi Usmoniylar masjidi boʻlsa-da, musulmon boʻlmagan Todiriy ismli meʼmor tomonidan qurilganligi bois qurilishda cherkov elementlaridan foydalanilgan. Bunga misol qilib noodatiy tarzda bezatilgan minbar va binoning kirish portalini keltirish mumkin.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Sig‘imi
400
Joylashgan hudud
O'rta Yer dengizi mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.794722, 34.081667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Güzeloluk masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.