Qishloq masjidi

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Qishloq masjidi – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan sobiq masjid.

2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid binosi mahalliy ahamiyatga ega koʼchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Qishloq masjidi XIX asrda Shaki shahrining Qishloq mahallasida bunyod etilgan. Masjid qurilishida daryo toshlari va gʻisht ishlatilgan. Masjidning yon va bosh kirish fasadida silliq daryo toshlaridan foydalanilgan.

Ozarbayjonda sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta va 1933-yilga kelib atigi 17 tani tashkil qildi. Shu davrda Qishloq masjidi ham ibodat uchun yopildi.

Masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʼchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Hozirda masjid binosidan foydalanilmaydi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XIX asr
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.174586, 47.173865Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qishloq masjidi (uz.wikipedia.org), 19-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.