Habib-i Nejjar masjidi

GrandEscogriffe · CC BY-SA 4.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Pelin G. · CC BY-SA 4.0

Habib-i Nejjar masjidi (turkcha: Habib-i Neccar Camii) Turkiyaning Hatay viloyati, Antokiya shahridagi tarixiy masjid boʻlib, duradgor Habib nomi bilan atalgan. Osi daryosining sharqiy qismida joylashgan. 2023-yilning fevralida sodir boʻlgan zilzilalar oqibatida jiddiy zarar koʻrgan.

Tarixi

Antik davrda hozirgi masjid oʻrnida butparastlar ibodatxonasi boʻlgan. Xristianlik davrida bino Yahyo paygʻambar nomidagi cherkovga aylantirilgan. Oʻrta asrlarda shahar dastlab 637-yilda Roshidun xalifaligi, 969-yilda Vizantiya imperiyasi, 1084-yilda saljuqiy turklar, 1098-yilda salib yurishlari va 1268-yilda Mamluklar sultonligi baybarlari tomonidan bosib olingan. Har bir holatda binoning maqomi cherkovdan masjidga va masjiddan cherkovga oʻzgartirilgan. Biroq masjiddagi yozuvlarga koʻra, 1275-yilda baybarlar binoni masjidga aylantirganidan soʻng koʻp oʻtmay qayta qurilgani yozilgan. Wendy Mayer va Pauline Allen masjidning sobiq Cassian cherkovining tepasida qurilgan, deya maʼlumot bergan. Biroq ushbu maʼlumot noaniq, chunki Yoqut ar-Rumiy XIII asrning boshlarida Habib ziyoratgohi Antioxiya franklar hukmronligi ostida ziyoratgoh sifatida mashhur boʻlganini, biroq bu aynan oʻshu cherkov emasligini taʼkidlagan.

Masjid 1853-yilgi zilzila paytida vayron boʻlgan. Keyinchalik Usmoniylar tomonidan qayta qurilgan, ammo minora zilziladan keyin ham tik qolganligi bois qayta qurilmagan, shu sababdan ham binoning boshqa qismlariga qaraganda eskiroqdir. Masjid binosiga keyinroq shodirvon (tahorat olinadigan favvora) ham qoʻshilgan.

Masjid 2023-yildagi zilzila natijasida vayron boʻlgan.

Nomi

Masjidga Iso Masih davrida yashagan duradgor Habib yoki Habib an-Najjorning nomi berilgan. Xristianlikning dastlabki yillarida u dinni qabul qilishdan bosh tortgan butparastlar tomonidan shahid qilingan. Habib nasroniy avliyo sifatida tan olingan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
638-yil
Muhim voqea
Turkiya—Suriya zilzilasi (2023)
Joylashgan hudud
O'rta Yer dengizi mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.201676, 36.165637Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Habib-i Nejjar masjidi (uz.wikipedia.org), 11-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.