Hacıveyiszade masjidi

Hüseyin Öcal · CC BY 3.0

armonva · CC BY 3.0

Hüseyin Öcal · CC BY 3.0

Hacıveyiszade masjidi (turkcha: Hacıveyiszade Camii) – Turkiyaning Anadolu mintaqasidagi Konya shahri markazida joylashgan masjid. Konya shahridagi mashhur diniy olimlaridan biri boʻlgan Hacıveyiszade Mustafo Kurucu Hoja afandi xotirasiga barpo etilgan.

Masjid qurilishi 1986-yilda Turkiya diniy jamgʻarmasi (Turkiya Diyanet Vakfi) tomonidan boshlangan. Usmoniylar meʼmorchiligining klassik uslubiga oʻxshash qilib qurilgan. Masjidda har birida uchtadan balkonga ega ikkita minora mavjud, balandligi 78 metr boʻlib, mintaqadagi eng baland minoralar hisoblanadi. Masjid ostida doʻkonlar, dam olish xonalari va muftiylar uchun ajratilgan xona mavjud. Shu sababli bu joy majmua (külliye) hisoblanadi. Masjid 4500 kishiga, majmua esa 10000 kishiga moʻljallangan.

Hacıveyiszade masjidi va majmuasi 1996-yilda qurib bitkazilgan hamda foydalanishga topshirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1571-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.876306, 32.488389Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hacıveyiszade masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.