Hadim Ibrohim posho masjidi
Hadim Ibrohim posho masjidi (turkcha: Hadım İbrahim Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Silivrikapi mahallasida joylashgan.
Tarixi
Hadim Ibrohim posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan bosniyalik vazir Hadim (Eunuch) Ibrohim posho uchun loyihalashtirilgan. Masjid 1551-yilda qurib bitkazilgan.
Arxitekturasi
Masjid gumbazli kub shaklida qurilgan boʻlib, unga tutashtirib portiklar oʻrnatilgan. Asosiy gumbazning diametri 12 metr (39 fut) boʻlib, sakkizta ichki tayanchlar bilan, ayvonning beshta kichik gumbazlari esa marmar ustunli arklar bilan mustahkamlangan. Uch qavatli derazalari mavjud. Ayvonning janubi-gʻarbiy tomonidagi tosh minora 1763–1764-yillarda qayta qurilgan. Masjid dizayni jihatidan Istanbulning Yenibahçe (talaffuzi: Yangiboxcha) tumanidagi 1504–1505-yillarda qurib bitkazilgan Bali Posho masjidiga oʻxshaydi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1551-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hadim Ibrohim posho masjidi (uz.wikipedia.org), 3-mart, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





