Hoji Heybat masjidi (Fatmayı)

Qolcomaq · CC BY-SA 4.0

Qolcomaq · CC BY-SA 4.0

Hoji Heybat masjidi – XVII yoki XIX asrda qurilgan tarixiy va meʼmoriy yodgorlik, masjid. Ozarbayjonning Boku shahri Fatmayı qishlogʻida joylashgan.

2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Hoji Heybat masjidi Fatmayı qishlogʻida qurilgan. Binoning qachon bunyod etilgani borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzi mualliflar masjid XVII asrda qurilganini taʼkidlaydi, boshqalar esa inshoot XIX asrga mansub deb hisoblaydi. Ozarbayjonlik meʼmor Shamil Fatullayevning qayd etishicha, masjiddagi epigrafik yozuv uning 1805–1806-yillarda mahalliy aholi va Ogʻa Kamolning saʼy-harakati bilan qurilgan. Masjidning 2 ta kirish eshigi va 2 ta derazasi bor. Mehrobning oʻng tomonida kichik tosh yozuv joylashgan. Shuningdek, masjidning ayvoni ham mavjud.

Sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda Ozarbayjonda dinlarga qarshi rasmiy kurash boshlandi. Koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalar maʼrifiy va madaniy muassasa sifatida foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazildi. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Hoji Heybat masjidi ham shu davrda oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Ozarbayjon mustaqilligini tiklagandan soʻng, masjid ibodat qiluvchilar ixtiyoriga qaytarildi. 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XVII asr
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.528387, 49.843691Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Heybat masjidi (Fatmayı) (uz.wikipedia.org), 18-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.