Hisor qoʻriqxonasi

Javlon Abdusattorov · CC BY-SA 4.0

Vano0105 · CC BY-SA 4.0

LBM1948 · CC BY-SA 4.0

☆☆baxrom ☆☆

Hisor davlat qoʻriqxonasi – Qashqadaryo viloyatida, Hisor togʻ tizmalari gʻarbida joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Maydoni 80 986,1 ga, shundan 12 203 ga oʻrmonzorlar, 2 745 ga oʻtloqzor, 17mga suv havzalaridan iborat. Tabiiy landshaft majmualari va Hisor togʻ tizmasi ekotizmlarini saqlash maqsadlarida tashkil etilgan.Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 870, qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq turi mavjud.Hisor qoʻriqxonasi florasi oʻsimliklarning 910 turini oʻz ichiga olgan boʻlib, ulardan 250 tasi dorivor va oziq-ovqat oʻsimliklari, 80 tasi Pomir-Oloy florasining endemik vakillari, 30 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlardir. Hisor qoʻriqxonasi faunasi sut emizuvchilarning 32 turi, qushlarning 215 turi, sudralib yuruvchilar va amfibiyalarning 19 turi, baliqlarning 2 turi, umurtqasizlarning 950 turini oʻz ichiga oladi. Bu hayvonlardan sut emizuvchilarning 10 turi, qushlarning 17 turi, baliqlarning 1 turi va hasharotlarning 6 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga, mahalliy hayvonlarning 5 turi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.Hisor qoʻriqxonasi oʻzining goʻzal manzaralari, turli boʻshliqli karst platolari, togʻ va koʻllari hamda sharsharalari bilan mashhur. Qoʻriqxona hududida oʻnga yaqin tabiiy yodgorliklar va bir qancha tarixiy obyektlar, jumladan, Amir Temur gʻori, Hazrat-Sulton togʻi kabi mashhur ziyoratgohlari joylashgan. Hisor qoʻriqxonasi madaniy, ekologik va diniy turizmning muhim markazlaridan biri sanaladi.

Tarixi

Oʻzbekiston hududining katta qismi dasht hamda choʻllardan iborat. Shuning uchun ham boy oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega boʻlgan togʻli hududlar alohida ilmiy, ekologik va gidrologik ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, 1975-yilda Hisor-Oloy etaklarida Qizilsuv togʻ va archa qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Qoʻriqxona tomonidan nazoratga olingan hududlarga noyob archa oʻrmonlari, massivlari kirgan. Ulardagi oʻsimliklari va hayvonot dunyosi u vaqtga qadar halokat yoqasida turgan edi. 1976-yilda Qizilsuv yaqinida yana bir qoʻriqxona – Miroqi tashkil etilgan. Uning vazifalariga Oʻzbekistondagi eng yirik Seversov muzligini va Shahrisabz-Koʻlob va Yakkabogʻ vohalarini suv bilan taʼminlab turuvchi Qashqadaryoning yuqori qismi, shuningdek, bogʻdorchilik uchun muhim hudud boʻlgan Qarshi dashtini muhofaza qilish edi.

Ikkala qoʻriqxonada ham kichik maydonlar biriktirilgan boʻlib, bu tabiatni muhofaza qilish funksiyalarini toʻliq bajarishga toʻsqinlik qilgan. Shuning uchun 1983-yil 9-sentyabrda har ikkala qoʻriqxona yagona Hisor qoʻriqxonasiga birlashtirildi. Oʻsha vaqtda uning maydoni 76 889 gektarga teng boʻlgan. Tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil qilingan yangi qoʻriqxonaning kengaytirilgan vazifalar roʻyxati tuzib chiqildi. Unga koʻra endi Hisor qoʻriqxonasi Hisor-Oloyning butun tabiiy majmuasi muhofazaga olishi kerak edi. Biroq, brakonerlik xavfi yuqori boʻlgani sababli, faqatgina archa oʻrmonlarini muhofaza qilish ustuvor vazifa boʻlib qoldi. Bir muncha vaqtdan soʻng bu hatto muassasa nomida ham oʻz aksini topdi. Qoʻriqxona Hisor davlat togʻ va archa qoʻriqxonasi degan nomlangan. Keyinchalik bu nom qisqartirilgan va himoyalangan hudud maydoni kengaytirilgan. Qoʻrqxona maydoni 2020-yil holatiga koʻra 80 986,1 gektarga teng. Qoʻriqxona 2020-yil 18-fevralida sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan tabiiy diqqatga sazovor joylari (Hazrati Sulton togʻlari, Suvtushar sharsharasi, Amir Temur gʻori) atrofida umumiy maydoni 2000 gektar boʻlgan qoʻshimcha muhofaza zonasi tashkil etilgan. Qoʻriqxona maʼmuriyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga qarashlidir.

Iqlimi

Hisor qoʻriqxonasi hududi quruq subtropik iqlim zonasiga mansub boʻlgan Markaziy Osiyoning eng issiq mintaqalaridan birida joylashgan. Qoʻriqxona chegarasiga eng yaqin boʻlgan Shahrisabz shahrida oʻrtacha yillik havo harorati +16 °C, maksimal harorat esa +50 °C oʻlaroq qayd etilgan. Shu bilan birga, qoʻriqxonadagi iqlim togʻli boʻlib, u yoki bu hududning balandlik darajasiga qarab havo haroratida sezilarli farqlar mavjud boʻlishi mumkin. Umuman olganda qoʻriqxona hududining iqlimi keskin kontinental boʻlib, oʻrtamiyona sovugʻi, yogʻingarchilikka boy qishi, uzoq yomgʻirli bahori, juda issiq va quruq yozi bilan ajralib turadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
protected area
Qurilgan
1983-yil 9-sentabr
Tarkibiy qismi
list of World Heritage Sites in Northern and Central Asia
Meros maqomi
Tentative World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.916667, 67.400000Google Maps'da ochish

Teglar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hisor davlat qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 18-iyun, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.