Hulbuk

Ninara from Helsinki, Finland · CC BY 2.0

Ninara from Helsinki, Finland · CC BY 2.0

Ninara from Helsinki, Finland · CC BY 2.0

Hulbuk — Xuttalon viloyatining oʻrta asrlardagi markaziy shahri (6— XVI asrlar). Yunon-Baqtriya manbalarida Hulbissa, Xitoy manbalarida ("Tanshu") "Ko-lo-kyan" nomi bilan qayd etilgan. Qizilsuv daryosining soʻl sohili (Tojikiston)da joylashgan. Mir-zatepa oʻrnida boʻlgan degan taxminlar mavjud. X asrda H. gavjum shahar boʻlib, koʻplab rustoqlarga ega edi. H.da Xut-talon hokimi qarorgohi boʻlsada u Sagʻoniyon markazidan kichik edi. shahardagi turar joylar paxsadan qurilgan. Jome masjidi shahar oʻrtasida joylashgan. H.da IX—XII asrlarda kumush dirhamlar chiqaradigan zarbxona boʻlgan. XVI asrda Xuttalon Koʻlob deb atalgan, H. oʻrnida esa Qalʼai Zamm joylashgan.

LA.Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaznchnnm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Qisqa ma’lumot

Turi
archaeological site
Tarkibiy qismi
Cultural Heritage Sites of Ancient Khuttal
Meros maqomi
part of UNESCO World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.778889, 69.555556Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hulbuk (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.