Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi

Sabri76 · Public domain

Ds02006 · Public domain

Sabri76 · Public domain

Armanlar qirgʻin qilgan shahid turklar xotirasi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Ermeniler Tarafından Katledilen Şehit Türkler Anıt ve Müzesi) yoki Iğdir genotsidi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Iğdır Soykırım Anıt-Müzesi) arman genotsidini inkor etishni targʻib qiluvchi yodgorlik-muzey majmuasidir. Yodgorlik qurilishi 1997-yil 1-avgust — 1999-yil 5-oktyabr oraligʻida Turkiyaning Iğdır shahrida qurilgan. Balandligi 43.5 metr (143 ft) boʻlib, Turkiyadagi eng baland yodgorlik hisoblanadi.

Davlat vaziri Ramazon Mirzaoʻgʻli yodgorlikning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, 1915—1920-yillar oraligʻida armanlar Iğdırda deyarli 80 ming kishini oʻldirganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ochilish marosimida Turkiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Süleyman Demirel ham ishtirok etgan.

Yodgorlikning maqsadi Birinchi jahon urushi hamda Turkiya — Arman urushi davrida „Iğdır viloyatida armanlar sodir etgan qirgʻin va taʼqiblarni xotirlash“, deb eʼlon qilingan. Yodgorlik Birinchi jahon urushi davrida armanlar turklarni qirgʻin qilgan, degan gʻoya asosida armanlar genotsidini inkor etish uchun qurilgan. Fransuz jurnalistlari Laure Marchand va Guillaume Perrier yodgorlikka „tarixni qayta yozish va qurbonlarni aybdor shaxslarga aylantirish orqali Turkiya hukumatining 1915-yilgi genotsidni inkor etish siyosatining yakuniy karikaturasi“ deya taʼrif bergan. Bilgin Ayata Armenian Weeklyda yodgorlikni „tajovuzkorlik, millatchilik va ochiq dushmanlik“ deb tanqid qilgan. Adolat va demokratiya uchun Yevropa arman federatsiyasi yodgorlik arman genotsidini inkor etish uchun yaratilganini eʼlon qilib, uni yopishni talab qildi.

Qisqa ma’lumot

Turi
muzey, monument
Ochilgan
1999-yil 5-oktabr
Me’mor
Cafer Giyasi
Material
granite, Marmar, Keramika
Balandligi
43,5 m
Joylashgan hudud
Sharqiy Onadoʻli viloyati

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.936790, 44.079480Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi (uz.wikipedia.org), 23-noyabr, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.