Ilyosbey masjidi

Wolfgang Glock · Public domain

Acar54 · CC BY-SA 4.0

Acar54 · CC BY-SA 4.0

Ilyosbey masjidi (turkcha: İlyas Bey Camii) – Turkiyaning gʻarbiy qismidagi Aydın viloyati, Didim tumani, Milet shahridagi tarixiy masjid. 1403-yilda Turk Menteshe amirligi hukmdori Ilyosbey (1402–1421) tomonidan qurilgan.

Meʼmorchiligi

Masjid madrasa, diniy taʼlim muassasasi, hamomdan iborat majmua tarkibiga kiradi. Namoz zali diametri 14 m (46 ft) gumbaz bilan qoplangan, gʻishtdan yasalgan va usti plitka bilan qoplangan. Gʻishtdan qurilgan minora 1955-yilgi zilzila oqibatida qulab tushgan. Ushbu majmua Milet shahrining arxeologik hududida joylashgan boʻlib, uning yonidan Vizantiya davriga xarobalar topilgan.

Ilyosbey masjidida saljuqiylar meʼmorchiligining koʻplab elementlaridan foydalanilgan. Ushbu meʼmorchilik elementlari turk meʼmorlarini ilhomlantirgan.

Ilyosbey masjidi Turkiyaning Söke shahridagi eng muhim madaniy maskanlardan biri sifatida tanilgan. Masjid minorasi barokko uslubida bunyod etilgan. Fors madaniyati Ilyosbey masjidining dizayni va qurilishiga, shu jumladan, uning Saljuqiylar uslubida yaratilgan masjid minorasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Masjidning oʻziga xosligi unda yunon, rim, vizantiya, saljuqiy va usmoniylar meʼmorchiligi uslublaridan keng foydalanilganidir. Boshqa masjidlar singari uning gumbazi oltin bilan emas, balki mis bilan qoplangan. Shuningdek, uning devorlari qayta ishlatilgan marmar bloklar bilan qoplangan boʻlib, bu unga yanada nafislik va mustahkamlik bagʻishlagan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1403-yil
Me’moriy uslub
Anatolian Seljuk architecture
Joylashgan hudud
Aegean mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.526417, 27.277861Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ilyosbey masjidi (uz.wikipedia.org), 3-mart, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.