Imom Husayn masjidi

Interfase · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Imom Husayn masjidi (ozarbayjoncha: İmam Hüseyn məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid, 1896-yilda Adolf Eichler loyihasi asosida bunyod etilgan. Masjid Abdullah Shaig va Suleiman Tagizade koʻchalari kesishgan nuqtada joylashgan.

Tarixi

Imom Husayn masjidi qurilishining tashabbuskori Hoji Bobo Ashumov boʻlgan. Masjid Chemberkend massivida, amfiteatr tepaliklarida barpo etilgan.

1895-yilda Ashumov nemis arxitektori Adolf Eichlerni masjid qurilishini loyihalash uchun yollaydi. 1896-yilda esa bino toʻliq qurib bitkaziladi.

Mahalliy aholi ushbu yangi binoni dastlab „Ashumov masjidi“ deb atashgan. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Imom Husayn masjidi „Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy yodgorlik“ hisoblanadi.

Arxitekturasi

Imom Husayn masjidi mahalliy meʼmorchilik uslubida qurilgan. Masjidning ichki qismi namozxona, qabulxona, ikkita yoʻlak va gumbazdan iborat. Bezatilgan mehrob zal oxirida, masjid derazalari esa gumbaz barabanida joylashgan.

Masjidning kirish qismi stalaktitlar bilan bezatilgan boʻlib, shimoliy jabhaning yon qanot devorlari ana shundan stalaktitlar bilan toʻldirilgan. Mutaxassislar Imom Husayn masjidining ushbu qismini Kordova ibodataxonasining gʻarbiy jabhasiga qiyoslaydi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1896-yil
Me’mor
Adolf Eichler
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.369408, 49.826308Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Imom Husayn masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.