Iskandarkoʻl
Iskandarkoʻl — Tojikistondagi koʻl. Hisor togʻ tizmasining shim. yon bagʻrida. Iskandardaryo havzasida dengiz sathidan 2195 m balandlikda. I. togʻ qulab Iskandardaryo vodiysini toʻsib qoʻyishi natijasida paydo boʻlgan. Uzunligi 3,3 km, eng keng joyi 2,9 km, mayd. 3,4 km², eng chuqur joyi 72 m, oʻrtacha chuq. 51 m. Qoʻlning suv hajmi 173 mln. m³. I.ga bir necha soy va jilgʻalar quyiladi, faqat Iskandardaryo oqib chikali. Quyilayotgan va chiqib ketayotgan suv miqdoriga qarab I.ning suv sathi oʻzgarib turadi. I. suvi eng issiq oylarda 10—12° ga qadar isiydi, yanvarningoʻrtalaridan martning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Suvi tiniq va chuchuk. I. — chiroyli tog kullaridan biri. Turizm rivojlangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- lago
- Maydoni
- 3,4 km²
- Dengiz sathidan
- 2 195 m
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Iskandarkoʻl (uz.wikipedia.org), 23-iyul, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


