Izmir etnografiya muzeyi

User:Quintucket · CC BY-SA 3.0

sailko · CC BY-SA 3.0

Izmir @ Travel Turkey · CC BY 2.0

Izmir etnografiya muzeyi (turkcha: İzmir Etnografya Müzesi) — etnografiya muzeyi boʻlib, Turkiyaning Izmir shahrida, joylashgan. Unda Turkiya tarixining saljuqiylar davridan boshlab turli kiyim-kechak va kulolchilik buyumlari saqlanadi. Muzeyga kirish bepul.

Hozirgi kunda Izmir etnografiya muzeyi joylashgan bino dastlab 1831-yilda Sent-Rosh kasalxonasi sifatida qurilgan. Bino toʻrt qavatli boʻlib, toshdan qurilgan. Muzeyda rang-barang dioramalar, suratlar va axborot panellaridan iborat chiroyli ekspozitsiyalar toʻplami mavjud. Bu artefaktlar mahalliy sanʼat, hunarmandchilik va mahalliy urf-odatlarni namoyish etadi. Muzeyning turli boʻlimlarida tuya terisi, kulolchilik, temirchilik va kigizchilik, kashtachilik kabi juda keng qamrovli va qiziqarli mavzular yoritilgan. Shuningdek, bu yerda turli xil qurollar, zeb-ziynatlar va tasvirli qoʻlyozmalarning boy toʻplami namoyish etiladi.

Qisqa ma’lumot

Turi
ethnographic museum
Qurilgan
1988-yil 13-may
Joylashgan hudud
Aegean mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.413722, 27.128500Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Izmir etnografiya muzeyi (uz.wikipedia.org), 29-aprel, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.