Izzat Mehmet posho masjidi

İmmortalance · CC BY-SA 4.0

İmmortalance · CC BY-SA 4.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 3.0

Izzat Mehmet posho masjidi (turkcha: İzzet Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Karabük viloyati Safranbolu shahridagi XVIII asrda qurilgan masjid.

Joylashuvi

Masjid Safranbolu bozorida joylashgan. Masjidning oldida Adnan Menderes koʻchasi joylashgan boʻlib, Safranboluni yaqin atrofdagi Karabük shahri bilan bogʻlaydi. Masjid shahar tarixiy yodgorliklari qatoriga kiradi. Turkiyaning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan joylardan biri.

Bino Safranbolu shahrida tugʻilgan Safranbolulu Izzat Mehmet posho buyrugʻiga binoan qurilgan. Izzat Mehmet posho sulton Abdulhamid I hukmronligi davrida ikki marta, sulton Salim III davrida bir marta Usmoniylar imperiyasining sadr vaziri boʻlib xizmat qilgan. Masjid 1794–1798-yillarda Izzat Mehmet poshoning soʻnggi xizmat davrida qurilgan.

Bino

Bir minorali masjidni bir nechta vaqf doʻkonlari, kutubxona va ikkita favvoradan iborat kichik külliye (majmua) deb hisoblash mumkin. Masjidning poydevor maydoni nishab yerda joylashgan. Bundan tashqari, bino tagidan yer osti irmogʻi oqib oʻtadi, bu muammo polni baland qilib, binoni kamarlar ustiga joylashtirish orqali hal qilingan. Namozxona 13,5 x 13,5 m2 (44,4 x 44,4 fut2) oʻlchamga ega kvadrat shaklda qurilgan. Minbar ham, mehrob ham hashamatli uslubda bezatilgan. Minbarda sulton Salim III tugʻrosi bor. Masjidning umumiy koʻrinishi 1750-yillarda qurilgan Istanbuldagi Nuri Usmoniya masjidiga oʻxshaydi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1798-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Qora dengiz mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.248330, 32.685940Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Izzat Mehmet posho masjidi (uz.wikipedia.org), 21-aprel, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.