Jankent
Jankent — qadimgi shahar harobasi (mil. I asr — XVI asr boshi). Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻida, hozirgi Kazalinsk shahri yaqinida joylashgan. IX—XIII asr manbalarida Yangikent nomi bilan mashhur boʻlgan. X asr manbalarida aytilishicha, J. oʻgʻuzlar mamlakatining asosiy shahri hisoblangan. J. moʻtullar istilosi (XIII asr)ga qadar Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholining siyosiy qarorgohi, savdo va xunarmandchilik markazi boʻlgan. Volga boʻyi, Kiyev va Novgorod bilan aloqa qilib turgan. XVI asr boshlarida, shayboniylar davrida J. haroba holga kelgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- former settlement, archaeological site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Jankent (uz.wikipedia.org), 22-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.