Karakuş Tumulus

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Bernard Gagnon · CC BY-SA 3.0

Karakuş Tumulus (shuningdek, Qoraqush) – Adiyamanning Kahta tumanidagi zamonaviy Chuqurtash qishlogʻi yaqinida, miloddan avvalgi 30-20-yillarda Kommageniyalik Mitridat II tomonidan qurilgan.

Karakush „qora qush“ degan maʼnoni anglatadi. Yodgorlik bu nomni olishining asosiy sababi yuqori qismida burgut boʻlgan ustunning mavjudligidir.

U Turkiyaning Kahta shahridan 12 kilometr (7.5 mi) uzoqlikda joylashgan. Tumulus har biri taxminan 9 metr (30 ft) boʻlgan uchta Dor ustunlaridan iborat baland ustun toʻplamlari bilan oʻralgan. Ustunlar tepasida stelalar, relyeflar, shuningdek, buqa, sher va burgut haykallari joylashtirilgan. Yozuvlarga koʻra bu yerda uch ayolning qirollik qabri borligini bilish mumkin.

Yodgorlikning shimoli-sharqidagi markaziy ustunning tashqi tomonida yunoncha yozuvlar yozilgan.

Milodiy 72-yilda Rim imperatori Vespasian tomonidan Kommageniya qirolligi qoʻshib olinganidan bir muncha vaqt oʻtgach, majmuaning omborxonasi talon-taroj qilingan.

Hududdagi asosiy qazishmalar Myunster universitetidan Friedrich Karl Dörner tomonidan amalga oshirilgan. Ustun 2023-yilda Turkiya-Suriya zilzilasida qulab tushgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Hierothesion, funerary structure, Mavzoley, archaeological site, aholi punkti
Muhim voqea
Turkiya—Suriya zilzilasi (2023)
Joylashgan hudud
Southeastern Anatolia Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.869389, 38.588000Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Karakuş Tumulus (uz.wikipedia.org), 27-iyul, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.