Qayroqqum suv ombori

Coopypasted · CC BY-SA 4.0

Dogross · CC BY-SA 4.0

Шухрат Саъдиев · CC BY 4.0

Qayroqqum suv ombori — Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va Oʻzbekiston hududida). Sirdaryoni toʻsgan Qayroqqum gidrouzeli toʻgʻoni bilan hosil qilingan; 1956—58 yillarda toʻldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km², foydali hajmi 2,6 mlrd. m³. Uzunligi 60 km, maksimal eni 20 km, oʻrtacha chuq. 8,2 m, maksimal chuq. 30 m. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman koʻp yillik tartibga soladi, doimiy sutorish maydoni 475 ming ga dan ortiq. Qayroqqum suv omborio. tarkibiga quvvati 426 MVt boʻlgan GES, toʻgʻon gidrouzeli, umumiy uz. 27 km boʻlgan chap qirgʻoq marza dambalari, suv osti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv oʻtkazish imkoniyati 20 m³/s boʻlgan Xoʻjabaqirgʻon (chap qirgʻoq) va Samgʻor (oʻng qirgʻoq) sugʻorish nasos styalari suv oladi.

Qisqa ma’lumot

Turi
suv ombori
Maydoni
520 km²
Meros maqomi
Ramsar site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.290000, 70.060000Google Maps'da ochish

Teglar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Qayroqqum suv ombori (uz.wikipedia.org), 28-yanvar, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.