Xonaqoh masjidi (Ozarbayjon)

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Xonaqoh masjidi (ozarbayjoncha: Xanəgah Məscidi) – Ozarbayjonning Quba tumani Xonaqoh qishlog‘i hududida joylashgan sobiq masjid va tarixiy-meʼmoriy yodgorlik.

XIX asrda bunyod etilgan ushbu sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan ahamiyatga ega mahalliy koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Quba tumanining Xonaqoh qishlogʻida joylashgan Xonaqoh masjidi XIX asrda bunyod etilgan. Qurilish jarayonida, asosan, yon-atrofdan toʻplangan shagʻal tosh va ohak qorishmasidan foydalanilgan, ayrim qismlarida esa pishiq gʻisht va oddiy toshlar ishlatilgan. Masjid devorlarining qalinligi 60 x 80 sm oraligʻida boʻlgan. Masjidning shift qismi yogʻochdan qurilgan, tomi esa cherepitsa bilan yopilgan. Minora esa shiftning markaziy qismida joylashgan boʻlgan.

Sovet bosqinidan soʻng, 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasmiy harakat eʼlon qilindi. Shu yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy va madaniy maqsadlarda foydalanish uchun klublar ixtiyoriga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu koʻrsatkich 1700 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Shu davrda Xonaqoh masjidi ham yopilgan va uning binosidan ombor sifatida foydalanilgan. Masjidning minbari vayron qilingan, ichki qismidagi kitoblar va ayrim hujjatlar yoʻqolib ketgan.

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, Xonaqoh masjidi 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Biroq uzoq vaqt davomida eʼtibor qilinmagani va foydalanilmagani sababli inshoot yemirilgan. Vaqt oʻtishi bilan tomi va devorlarining ayrim qismlari qulab tushib, bino vayron holatga kelgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XVIII asr

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.219722, 48.546389Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xonaqoh masjidi (Ozarbayjon) (uz.wikipedia.org), 16-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.